Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vagner” isyonidan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rosgvardiyani kuchaytirmoqda. Bu haqda Bild xabar berdi.

Foto: EFE/EPA

Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinshteyn giyohvand moddalarga qarshi kurash bo‘yicha Grom maxsus kuchlari Rossiya gvardiyasi tarkibiga o‘tkazilishini aytdi. Hozir shaxsan Putinga bo‘ysunuvchi tashkilotda 300 mingdan ortiq harbiy xizmatchi bor. 

Xinshteynning so‘zlariga ko‘ra, Putinning qarori “milliy gvardiyaning mamlakat ichki xavfsizligini himoya qilishdagi asosiy rolini ta’kidlaydi”.

Milliy gvardiya nafaqat yangi kadrlar bilan to‘ldiriladi, balki modernizatsiya ham qilinadi: Davlat Dumasi Milliy gvardiyaga og‘ir qurollardan foydalanish imkonini beruvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda – ular transport samolyotlari, jangovar vertolyotlar va zirhli transport vositalarini oladi.

Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) Milliy gvardiyani kuchaytirishga qaratilgan so‘nggi urinishlarni Yevgeniy Prigojin boshchiligidagi “Vagner” isyoni bilan bog‘laydi.

“Vagner" qurolli qo‘zg‘olonidan so‘ng, Rossiya ichki xavfsizlik apparatini qayta qurish bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda, — deyiladi ISW'ning yangi hisobotida.

Prigojin isyoni

“Vagner” bilan bog‘liq voqealar Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligini vagnerchilar lageriga zarba berishda ayblab, javob berishga va’da berganidan keyin boshlandi. 24-iyun kuni ertalab “Vagner” kuchlari Rostov-Dondagi Janubiy harbiy okrugi shtab-kvartirasini to‘sib, Moskva tomon yo‘l oldi. Rossiya Mudofaa vazirligi ayblovlarni rad etib, buni provokatsiya deb atadi.

O‘sha kuni kechqurun Lukashenko bilan muzokaralar natijasida Prigojin chekinishni e’lon qildi. Kreml Prigojinga qarshi qurolli isyon bo‘yicha jinoiy ish to‘xtatilishi, vagnerchilar jinoiy javobgarlikka tortilmasligi va Prigojinning o‘zi Belarusga ketishi mumkinligini bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »