Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevroparlament Xalqaro jinoiy sudni (XJS) Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni hibsga olish uchun order berishga chaqirdi.

Foto: “TASS”

Yevroparlament deputatlarining ta’kidlashicha, Belarus urush va Ukrainada sodir etilgan jinoyatlar munosabati bilan Ukrainaga yetkazilgan zarar uchun, jumladan, Belarus rejimining bolalarni noqonuniy deportatsiya qilishdagi roli uchun javobgardir.

Tegishli hisobot Belarus siyosiy va harbiy rahbarlarini jinoiy javobgarlikka tortish imkonini yaratish uchun xalqaro darajada barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqiradi.

“Xalqaro jinoiy sud allaqachon Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan, shuning uchun sud Lukashenkoni hibsga olish uchun xuddi shunday order berish masalasini ko‘rib chiqishi kerak”, — deydi deputatlar.

Ularning fikricha, Yevropa Ittifoqi kengashi ham Yevroittifoq sanksiyalariga duchor bo‘lgan Belarus va Rossiya shaxslari ro‘yxatini kengaytirishi kerak, shunda cheklovlar ukrainalik bolalarni majburiy deportatsiya qilishda ishtirok etganlarga nisbatan qo‘llanadi.

Putinni hibsga olish uchun order

17-mart kuni XJS Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order berdi. U Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilishda gumon qilinmoqda. Aprel oyida Janubiy Afrika hukumati Putinni BRIKS sammitiga taklif qildi. Ayni paytda JAR XJSning yurisdiksiyasiga bo‘ysunadi va sud ishida gumondor deb hisoblanganlarni hibsga olishga majbur.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »