Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘alla bitimi bekor qilinishi fonida so‘nggi besh kun ichida jahon bozorida bug‘doy narxi keskin ko‘tarildi.

Savdo ma’lumotlariga ko‘ra, 19-iyul, chorshanba kuni Chikago tovar birjasida sentyabr fyucherslari 3,35 foizga oshib, bir bushel (taxminan 38,6 kg) bug‘doy uchun 6,93 dollarni tashkil qildi. Oxirgi besh kun ichida ular 11,05 foizga qimmatlashdi.

Foto: Google Images

Dekabr oyida makkajo‘xori yetkazib berish fyucherslari ham qimmatlashdi. Chorshanba kuni don narxi 3,09 foizga oshib, bir bushel uchun 5,51 dollarni tashkil qildi. Besh kun ichida xarajat 13,68 foizga oshdi.

G‘alla bitimi bekor qilinishi fonida don narxi ko‘tarilmoqda. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning kelishuvdagi ishtirokini to‘xtatganini e’lon qilgach, bir kun ichida Chikago tovar birjasida bug‘doy 3,37 foizga oshdi. Sentyabr fyucherslari bir bushel uchun 6,84 dollargacha ko‘tarildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »