Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Aktrisa Ra’no Shodiyeva kuzatuvchilari uchun Istanbuldagi kasalxonadan kichik reportaj tayyorladi. U kasalxonada bemorlarning kayfiyatini ko‘tarish uchun jonli musiqa yangrayotganiga alohida urg‘u berdi. 



Asal Shodiyeva kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. 

Foto: Instagram

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Manzuraning diniy ulamo Abror Muxtor Aliyga turmushga chiqayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Xonanda ushbu xabarlarning asossiz ekanligini ma’lum qildi.



Munisa Rizayeva ayni paytda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida hordiq chiqarmoqda. 

Foto: Instagram

18-iyul kuni aktrisa Rayhon Asadova tug‘ilgan kunini do‘stlari davrasida nishonladi. Poytaxtdagi restoranlardan birida tashkillashtirilgan bayramda o‘zbek shou-biznesining ko‘plab taniqli vakillari ishtirok etdi. 



Durdona Qurbonova ham xorijiy mamlakatlardan biriga hordiq chiqarish uchun uchib ketdi.

Foto: Instagram

Kaniza Instagram’da bir necha oydan beri o‘zini haqorat qilib kelayotgan xeyterini topdi va u bilan yuzma-yuz suhbatlashdi. Xonanda yigitdan haqoratomuz izohlari uchun javob berishini so‘radi. 

 

Xonandani haqorat qilgan yigitga oid ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida ko‘rib chiqilgan hamda ayblanuvchi 6,6 million so‘m jarimaga tortilgan.

Bloger va aktrisa Maftuna Shokirova Vyetnamdan ko‘rinish berdi. 

Foto: Instagram

“Havas” guruhi xonandasi Dostonbek 17-iyul kuni oila qurdi. Uning nikoh oqshomi hind tilidagi qo‘shiq va raqslar hamohangligida o‘tdi. 



O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori Rixsitilla Abdullayev oilasi bilan Turkiyaning Bodrum shahrida dam olmoqda. 

Foto: Instagram

Insta-bloger Maryam Tillayeva ijtimoiy tarmoqdagi kuzatuvchilari soni bir millionga yetganini nishonladi.




Shahlo Zoirova Istanbuldagi klinikadan farzandi bilan ilk uchrashuvi aks etgan suratni sahifasiga joyladi. 

Foto: Instagram

Javohir Zokirov qizi Imonni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. 

Foto: Instagram

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »