Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 21 yoshli talabasi Jahongir Ulug‘murodov Telegram’da o‘zbek tilidagi “Shahid bo‘lib ketsak, rozi bo‘lingiz” nomli “jihod” va “hijrat”ga daʼvat qiluvchi nashidalarni 10 nafar aʼzosi bo‘lgan “Alhamdulillah” nomli guruhga tarqatgani uchun qamalgandi. U Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “g” bandi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) bilan ayblanib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

17-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudida Oqqo‘rg‘on tuman sudining 2023-yil 8-maydagi hukmi ustidan berilgan shikoyatni appelyatsiya tartibida ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlangan.

Mazkur jinoyat ishi Toshkent viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati sudyasi S.Ashirmatov raisligida hamda sudyalar H.Berdiqlichev va X.Usmonovdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqilgan.

Toshkent viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati appelyatsiya instansiyasining ajrimi bilan birinchi instansiya sudining Jahongir Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan hukmi o‘zgarishsiz, shikoyatlar esa qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

Biroq Oliy sud matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Toshkent viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati appelyatsiya instansiyasining 17-iyuldagi ajrimi ustidan sudlangan J.U.ning advokati A.Abdullayev tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati kelib tushdi. Ayni paytda ushbu shikoyat belgilangan tarzda o‘rganilib, kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish uchun rasmiylashtirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »