Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bolalarning tishini erta davrlardanoq to‘g‘ri parvarish qilish, briket, plastinka moslamasini taqish hamda kariyes kasalligining erta rivojlanishi bir-biriga bog‘liq. Buning sabablarini tish shifokori Husniddin G‘ulomiddinov tushuntirib berdi.

Foto: “Daryo”
Yosh bolalarda tish chiqish vaqti 5-6 oylik davridan boshlanadi. Sut tishlarining chiqish vaqti turlicha. Masalan, qaysidir bolada 1 yoshgacha umuman tish chiqmasligi, boshqa bir bolada esa chaqaloqlikning ilk davridayoq tish kurtaklari yorib chiqish holatlari kuzatiladi. 6-7 yoshdan boshlab sut tishlari tushib, ular o‘rniga doimiy tishlar chiqishni boshlaydi.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerak, ayrim ota-onalarning befarqligi yoki ovqatlanish ratsionida shakar miqdorining ko‘pligi sababidan bolalarda sut tishlarining muddatidan oldin kasallanib, chirib tushib ketishi ortib bormoqda. Vaqtidan oldin tishlarning to‘kilishi bolaning ma’lum bir muddat to‘liqsiz tishlar bilan ovqatni chaynashga, shuningdek, keyinchalik boshqa tishlarning noto‘g‘ri chiqishiga olib keladi. Bu esa yanada jiddiy muammolarga — bolaning briket yoki plastinka taqishiga sabab bo‘ladi. Shu sababdan tish chiqish vaqtida profilaktika uchun stomatolog ko‘rigidan o‘tish va tishni to‘g‘ri parvarish qilishni garchi bola istamagan taqdirda ham deylik onaning o‘zi turli o‘yinlar shaklida odat tusiga aylantirishi zarur.

Qaysi holatda tishlarga briket qo‘yiladi?

Foto: Google Images
Briket moslamasi oziq-ovqatni tishlash va chaynash muammolarini bartaraf etish uchun asosan 14 yoshdan kattalarga qo‘yiladi. 14 yoshgacha bo‘lgan davrda jag‘ suyaklari hali qotmagan, o‘sayotgan bo‘ladi. Bunday paytda bolalarda plastinka yordamida muammoni hal qilsa bo‘ladi.

Briket taqqandan so‘ng e’tibor berish kerak bo‘lgan muhim jihat — gigiyenadir. Ko‘pchilik bu moslamani qo‘ydirgandan so‘ng shu bilan tishlar to‘g‘rilanib ketadi degan fikrda bo‘ladi. Agar briket qo‘yilgan tishlar qoidalar bo‘yicha tozalanmasa, kariyes kasalligi juda tez rivojlanadi.

Shuningdek, aql tishlarining ahamiyati, ularni qay hollarda oldirib tashlash kerakligi hamda tish “plomba”larining eng yaxshi turi qaysi ekanini quyidagi videosuhbatni ko‘rish orqali bilib oling.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »