Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Janubiy Afrika Respublikasida bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitida ishtirok etmaydi. Bu haqda JAR prezidentining rasmiy saytida xabar berildi. 

JAR prezidenti va Putin
Associated Press
Xabarga ko‘ra, “sammitda Braziliya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika yetakchilari ishtirok etadi. O‘zaro kelishuvga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin sammitda qatnashmaydi. Ammo Rossiya tomonidan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirok etadi”, — deyiladi bayonotda.

Putin 22—24-avgust kunlari Yoxannesburgda bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitiga taklif qilingan edi. Ammo Janubiy Afrika Respublikasi Putinni hibsga olishga order bergan Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasini tan oladi. 

Bu JAR rasmiylari Putin Respublikaga kelsa, uni hibsga olishi kerakligini anglatadi. Avvalroq JAR prezidenti Siril Ramafosa rossiyalik hamkasbini hibsga ololmasligi, bu Rossiyaga urush ochishni anglatishini ta’kidlagandi.

“Rossiya bilan urushga kirishish bizning konstitutsiyamizga to‘g‘ri kelmaydi. Men Respublikaning milliy suvereniteti, tinchligi va xavfsizligini himoya qilish, respublika aholisining yashash va xavfsizlik huquqlarini hurmat qilish, himoya qilish, ilgari surish va amalga oshirish bo‘yicha konstitutsiyaviy majburiyatlarga egaman”, — dedi u.

O‘z navbatida, JAR vitse-prezidenti Pol Mashatile BRIKS sammitiga Vladimir Putin o‘rniga tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kelishini so‘rab murojaat qilgandi.

“Biz Rim statuti bilan bog‘liq ekanimizni tushunamiz, lekin kimnidir taklif qilib, keyin uni hibsga ololmaymiz. Agar u (Putin) kelmasa, xursand bo‘lardik”, — deydi Mashatila.

JAR hukumati Rossiya delegatsiyasining sammitda ishtirok etishi bo‘yicha uchta variant taklif qilgan:

  • Rossiya delegatsiyasiga Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbarlik qiladi,
  • Putin uchrashuvda onlayn ishtirok etadi,
  • Uchrashuvga mezbonlik qilish Xitoydan so‘raladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Putin BRIKS sammitida onlayn ishtirok etadi, Sergey Lavrov esa yuzma-yuz qatnashadi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »