Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezidentga tajovuz qilishga urinish nimani anglatishi hammaga ayon ekanini ta’kidladi. Bu haqda “Interkafs” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Peskov shu tariqa Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) prezident Siril Ramafosaning Putinni BRIKS sammitida hibsga olish urush e’lon qilishni anglatishi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi. Kreml rasmiysi Rossiya va JAR o‘rtasidagi muzokaralarda Ramafosaning bayonoti haqida gap ketmaganini aytdi.

“Yo‘q. Ikki tomonlama muzokarada bu borada bahs bo‘lmagan. Hech kimga tushuncha berilmadi. Bu dunyoda Rossiya rahbariga tajovuz qilishga urinish nimani anglatishi hammaga aniq. Shuning uchun hech narsani tushuntirishga hojat yo‘q”, — dedi Peskov.

Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud 17-mart kuni Vladimir Putin va prezidentning bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order berdi. Bunga Ukrainadan bolalarning noqonuniy olib ketilishi sabab bo‘lgan. JAR Xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasini tan oladi. Bu JAR rasmiylari Putin Respublikaga kelsa, uni hibsga olishi kerakligini anglatadi.

Bo‘lajak BRIKS sammiti avgust oyida Yoxannesburgda yuzma-yuz formatda bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya prezidenti ishtirok etmasligi ma’lum bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »