Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar Sergeli tumanida avtobus haydovchisi ishga shippakda kelgani uchun rahbariyat tomonidan kaltaklangani aytilmoqda

Jabrlanuvchining ayoli bo‘lgan voqea haqida gapirib berdi. Unga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i 12-iyul kuni avtobuslar saroyiga shippakda kelgani uchun texnik xavfsizlik rahbariyati tomonidan kaltaklangan. Hozir ahvoli og‘ir, jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi. 

“Hatto itga ham bunday muomalada bo‘lishmaydi. Yoqmasa, ishdan bo‘shatvorsin edi. Ahvoli juda og‘ir, uchta bolam bilan nima qilaman? Yiqilgan holatida shunaqangi urganlar. Kecha narkoz berilgan, og‘ir o‘tgan. Hech kim xabar olmadi. Burni singan. Bir oycha ishga chiqa olmaydi. Kallasi ishib ketgan, o‘sha kuni ko‘zidan qon oqib turgandi”, — deydi ayol. 

Shuningdek, ushbu avtobus saroyi huquqshunosi holat bo‘yicha tushuntirish berdi. Qayd etilishicha, janjal haydovchi va xodim o‘rtasidagi suhbat jarayonida kelib chiqqan. Bir-birini haqoratlay boshlagan. Haydovchi muhandisni o‘z mashinasida korxona hududidan olib chiqib ketgan. Korxona hududidan tashqarida nima sodir bo‘lgani noma’lum.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »