Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kechki ratsionga ayrim mahsulotlarni qo‘shish uyqusizlikning yo‘qolishiga va ertalab kuchli bo‘lib uyg‘onishga yordam beradi.

Foto: “Yandeks.ru”

Melatonin va magniy

“Uyquni tartibga solish uchun mas’ul bo‘lgan melatonin gormonini o‘z ichiga olgan mahsulotlar uyquga foydali ta’sir ko‘rsatadi”, — deydi diyetolog Yana Lapko.

Shuningdek, tarkibida antioksidantlar, oqsillar, magniy bo‘lgan taomlar ham foydali hisoblanadi.

Diyetolog uyqu bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan insonlar uchun foydali bo‘lgan mahsulotlar haqida ma’lumot berdi.

Bodom

Ushbu yong‘oqning uyqu sifatini yaxshilashga yordam berishi aniqlandi, chunki u melatoninning yuqori miqdorini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, uning tarkibida yuqori miqdorda magniy mavjud, uning yetishmasligi uyqu sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Magniy stress gormoni kortizolni bostirish qobiliyatiga ega. Kortizol ham tinch uxlay olmaslikka sabab bo‘ladi.

Foto: “Yandeks.ru”

Kurka go‘shti

Kurka go‘shtining tinch uyquga ta’siri ilmiy jihatdan isbotlanmagan, biroq amalda bir necha bor tasdiqlangan. Bu uning tarkibidagi triptofanga bog‘liq bo‘lishi mumkin va umelatonin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi.

Foto: “Yandeks.ru”

Yog‘li baliq

Ushbu mahsulot omega-3 va D vitaminini birlashtiradi, ular tananing tungi va kunduzi ritmlari uchun mas’ul bo‘lgan serotonin gormonini ishlab chiqarishga foydali ta’sir ko‘rsatadi.

Foto: “Yandeks.ru”

Gilos sharbati, moychechak choyi, kivi, yong‘oq, oq guruch, banan, jo‘xori uni, tvorog ham uxlab qolishga yordam beradi.

Biroq, siz yaxshi dam olish maqsadida eng foydali mahsulotlarni tanlagan bo‘lsangiz ham, ularni uyquga yotishdan oldin ikki soatdan kechiktirmasdan yeyishingiz kerak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »