Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon shahar sudida 26-iyun kuni Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bilan ayblanayotgan fuqaro M.A.ning ishi ko‘rib chiqildi. “Daryo” Internet tarmog‘ida e’lon qilingan sud qarorlari portali orqali ushbu sud yakuni bo‘yicha ma’lumot beradi.

Sud hujjatida yozilishicha, M.A. 2002-yil 13-iyunda Andijon shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta-maxsus, uylanmagan, muqaddam sudlanmagan, mavsumiy ishchi. Shu yilning 5-may kunidan ish bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, 24-fevraldan garov ehtiyot chorasi qo‘llangan. U Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan ayblangan.

Aniqlanishicha, u 2022-yil 23-iyul kuni o‘ziga tegishli bo‘lgan iPhone 6S telefoni orqali Telegram messenjeriga ulanib, undan foydalanish davomida hozirda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi olib kirish, tayyorlash va tarqatish mumkin bo‘lmagan, faoliyati taqiqlangan o‘zbek tilidagi nashidani tanishiga yuborish orqali tarqatgan. Nashida mazmuni esa jihodga targ‘ib qilish bo‘lgan.

Din ishlari qo‘mitasi o‘tkazgan sudga oid dinshunoslik ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, M.A. ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ma’ruzalar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgani va mazkur g‘oyalarni mamlakatga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlangani, shuningdek, ushbu ma’lumot O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan “Tavhid va jihod kotibasi” terrorchi tashkilotiga tegishli bo‘lib, ularni mamlakatga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlangani ko‘rsatilgan.

Sudlanuvchi sud majlisida aybiga to‘liq iqror bo‘lib, haqiqatan ham YouTube platformasi orqali “Abdulloh domla”, “Shukurulloh domla”larning ma’ruzalarini hamda Telegram’da diniy mazmundagi nashidalarni tinglab kelganini tan olgan. Unga tegishli telefon apparati xolislar va mutaxassislar ishtirokida olinib, tekshirilganda tanishiga noma’lum shaxs tomonidan aytilgan 2 ta diniy mazmundagi nashidalarni yuborgani aniqlanganini, diniy bilimga ega emasligini, ushbu nashidalarning musiqasi yoqimliligi sabab tanishiga telefon apparatining chaqiruv musiqasiga o‘rnatishi uchun yuborganini aytgan. 

Ayblanuvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra, u nashida va ma’ruzalarning taqiqlanganini bilmagan, yurt tinchligini buzish va boshqa fuqarolarni diniy ma’lumotlardagi chaqiriqlarga da’vat qilish niyati bo‘lmagan, nashida va ma’ruzalarning asl mazmun-mohiyati nimaga qaratilganini ham tushunmagan, shunchaki yoqimli musiqa sifatida tarqatgan. M.A. sud zalida qilmishidan pushaymonligini bildirib ko‘rsatuv bergan va suddan qonuniy yengillik berishni so‘ragan.

Sud sudlanuvchi M.A.ga nisbatan jazo tayinlashda muqaddam sudlanmaganini, aybiga to‘liq iqror va qilmishidan pushaymonligini, yoshligini jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb, jinoyatni g‘araz va past niyatlarda sodir etganini og‘irlashtiruvchi holat deb baholagan. Shuningdek, sud u aybli deb topilayotgan modda sanksiyasi doirasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni, uni qilmishidan pushaymonligini va yoshligini inobatga olib, M.A.ga tayinlangan jazoni o‘tamasdan turib ham uning xulqini nazorat qilish orqali tuzatish mumkin, degan xulosaga kelgan. 

Sud hukmiga ko‘ra, M.A. Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismining “g” bandi bilan aybli deb topilgan. Unga nisbatan 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shu kodeksning 72-moddasini (shartli hukm qilish) qo‘llab, tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli hisoblangan va 1 yil sinov muddati belgilangan.

“Ashyoviy dalil bo‘lgan bir dona DVD disk jinoyat ishi bilan birga saqlansin. Ashyoviy dalil 1 dona iPhone 6S telefoni tegishli tartibda yo‘q qilinsin. M.A.ning Telegram’dagi profili faoliyati to‘xtatilib, bloklansin”, — deyiladi sud hukmida.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »