Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tumanlararo sudida 13-iyul kuni bo‘lib o‘tgan sud ishida hokim yordamchisi ishga qayta tiklandi. Bu haqda advokat Saidali Muxtoraliyev “Daryo”ga maʼlum qildi.

Prezidentning “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, 2022-yilning yanvar oyidan hokim yordamchisi lavozimi joriy etilgan edi. O‘shanda bir qancha tashkilot, idoralar xodimlari, asosan, tashkilot rahbarlari mahallada hokim yordamchisi sifatida ishga jalb qilingan.

Hokim yordamchisi lavozimiga asosan joylarda yuqori malakaga va iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda yetarli tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar tanlangandi. Nomzodlar asosan, tijorat banklari, vazirliklar va davlat idoralarining quyi tizimlaridagi rahbar, rahbar o‘rinbosarlaridan yoki rahbarlikka zahiraga olingan mutaxassislardan olingan.

Foto: Saidali Muxtoraliyevning shaxsiy arxividan

Advokatning aytishicha, Pirmuhammad Hushvaqtov "Xalq banki" Yuqori Chirchiq filiali rahbari bo‘lib ishlagan va keyinchalik tuman hokimining mahalladagi yordamchisi vazifasiga o‘tkazilgan. Keyinroq esa tuman hokimining ijobiy tavsiyanomasi asosida Xalq banki rahbariyatiga murojaat qilib, avvalgi filial boshqaruvchisi lavozimiga qaytarishlarini so‘raydi.

“Prezident farmonining 6-bandiga asosan bank uni eski Mehnat kodeksining 97-modda 1-bandi bilan kelishuv asosida bo‘shatishda uning ish joyini saqlab qolish majburiyatini olgan edi. Biroq, bank rahbariyati uni o‘z ishiga qaytarishni rad qildi. Natijada ish sudgacha bordi. Sud Pirmuhammad Hushvaqtovni bankdagi o‘z lavozimiga tiklash haqida qaror chiqardi”, — dedi Saidali Muxtoraliyev.

Advokatning tushuntirishicha, aksariyat vazirlik va idoralar, tijorat banklari o‘z xodimlari bo‘lgan nomzodlarni eski Mehnat kodeksining 97-moddasi 1-bandiga asosan o‘zaro kelishuv asosida bo‘shatib, bo‘shatish buyruqlarida ularning ish joylarini 2 yil davomida saqlab qolinishi ko‘rsatib o‘tilgan.

“Ko‘plab nomzodlar issiq joylarini ushbu buyruqlarga ishonib va erta bir kun o‘z ishlariga qaytib kelishlariga umid qilib tark etadi. Afsuski, bugungi kunda baʼzi holatlarda hokim yordamchilarining mehnat huquqlari buzilayotganini ham kuzatyapmiz. Hokimga ariza yozib, hokim yordamchilikdan bo‘shaganlarning ayrimlari hozir o‘z ishlariga qayta olmayapti. Vaholanki, ularni ishdan bo‘shatish haqidagi buyruqlarida ish joyi saqlanishi aniq ko‘rsatib o‘tilgan”, — dedi u.

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirovaning “Daryo”ga tushuntirish berishicha, farmonga ko‘ra, vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlariga hokim yordamchilari lavozimiga tayinlangan xodimlarning avvalgi ish joyidagi lavozimini ikki yilgacha muddatga saqlab qolish, mazkur davrda ushbu lavozimga boshqa shaxslarni muddatli mehnat shartnomasi asosida vaqtincha ishga qabul qilish tavsiya etilishi belgilangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »