Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fitch Ratings agentligi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshqaruvida mamlakat iqtisodiyotida ijobiy o‘sishlar kuzatilganini qayd etdi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Agentlikka ko‘ra, Mirziyoyev boshqaruvini uzaytirish institutlarning boshqaruv sifati va mustaqilligiga taʼsir ko‘rsatishini vaqt o‘tishi bilan ko‘rish mumkin. O‘zbekiston Jahon bankinining butunjahon boshqaruv indikatorining (WGI) 2021-yilgi reytingida 9 foizga yaxshilanib, umumiy 29 foizga oshdi. Korporativ boshqaruv standartlarini yanada takomillashtirish va siyosiy xatarlarni yumshatish reytingga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir.

WGI hozircha Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi yoki Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklar bilan bog‘liq geosiyosiy o‘zgarishlarni qayd etmaydi.

Agentlik so‘nggi oylarda hukumat jamoatchilikning boshqaruvga nisbatan munosabatiga ko‘proq reaksiya bildirganini alohida qayd etadi.

“Yanvar oyida Mirziyoyev Toshkent hokimini elektr quvvati taqchilligidan keng jamoatchilikning noroziligi tufayli ishdan bo‘shatgandi. Hozirgi vaqtda Vazirlar Mahkamasi hajmini qisqartirish va lavozimga ko‘tarilish uchun samaradorlik bilan bog‘liq standartlarni amalga oshirishda kuchli impuls mavjud”, — deyiladi xabarda.

WGI reytingidagi 2021-yilgi sakrashga, xususan, tartibga solish sifati indeksi (+17 foiz) va hukumat samaradorligi indeksi (+11 foiz daraja) sabab bo‘ldi. Hukumat bozor mexanizmlarini joriy etishga va davlatning iqtisodiyotdagi katta qismini qisqartirishga intilib, institutsional sifatni yaxshilashga harakat qilmoqda.

2023-yil o‘rtalarida energiya tariflarini liberallashtirish rejalari keyingi islohotlarga bo‘lgan qadamning dastlabki belgisi bo‘lishi mumkin.

Iqtisodiy kun tartibiga, shuningdek, davlat korxonalarini xususiylashtirish (Ipoteka-bankning nazorat paketi iyun oyida Vengriyaning OTP bankiga sotilgan); muhim maqsadli xorijiy investitsiyalarni jalb qilish; inflyatsiyani nazorat qilishga ko‘maklashish maqsadida Moliya vazirligi va Markaziy bank o‘rtasidagi siyosatni muvofiqlashtirishni takomillashtirish; 2023—2026-yillarda energetika, transport va ijtimoiy infratuzilmada davlat-xususiy sheriklikni 13,4 mlrd dollarga rivojlantirish kiradi.

“Biz real yalpi ichki mahsulot o‘sishi 2023-yilda 4,7 foizda mustahkam qolishi, 2024-yilda 6 foizga va 2025-yilda 5,8 foizga ko‘tarilishini prognoz qilamiz, bu kuchli investitsiyalar o‘sishi, Rossiyadan pul o‘tkazmalarining davom etishi va inflyatsiyaning pasayishi bilan qo‘llab-quvvatlanadi. YIM o‘sishi va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlovchi tarkibiy islohotlarning izchil amalga oshirilishi ikkinchi ijobiy ko‘rsatkichdir”, — deydi tahlilchilar.

Ular iqtisodiyot Ukraina urushi va Rossiya sanksiyalari oqibatlariga chidamliligini isbotlagani, ammo bu xavflar qanday rivojlanishi hali ham noma’lum ekanini ta’kidladi.

“Rossiya bilan tijoriy aloqalar chuqur saqlanib qoladi va ishonamizki, prezident Mirziyoyev  hukumati Rossiyaga qarshi sanksiyalarga duch kelmaslik uchun buni G‘arb davlatlari bilan mustahkam aloqalar bilan muvozanatlashda davom etadi”, — deya xulosa qiladi tahlilchilar.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »