Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Odatdagidek ovqatlanish tartibini o‘zgartirish yoki menyuga yangi mahsulot qo‘shishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Individual omillar cheklovlarga olib kelishi mumkin. Masalan, sizda diabet bo‘lsa, ruxsat etilgan gazaklar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqing. Gazaklar odatiy taomlanish kabi muhim — ular ishtahaochar ko‘rinsa ham zararli yeguliklarni tanovul qilish vasvasasiga soluvchi ochlikdan qutqaradi.

Foto: The Voice Mag
Organizmni ozuqa moddalarining muqobil kombinatsiyasi bilan ta’minlang, bu esa glyukoza miqdorining keskin ko‘tarilmasligiga yordam beradi. Xushta’m gazaklar kayfiyatni ko‘taradi!

Proteinli kokteyl

Foto: The Voice Mag

Bir osh qoshiq laktozasiz sut, o‘simlik oqsili ustiga ma’lum miqdorda suv quyib, doktor tavsiya qilgan mevalar va Chia urug‘lari bilan blender yordamida maydalab olinadi. Qarabsizki, xushxo‘r ichimlik tayyor. Va bu qand darajasini oshirmaydi.

Popkorn

Foto: The Voice Mag

Chindan ham diyetologlar ta’kidlaganidek, popkorn qonda glyukoza miqdorini oshirmaydigan mazali gazakdir. Chunki u kletchatkaga juda boy. Popkornni uyda o‘zingiz tayyorlang, unga yog‘ va shakar emas, balki tuz, ziravorlar, quritilgan ko‘katlar qo‘shib, qattiq pishloq bilan iste’mol qiling.

Suli yormasi

Foto: The Voice Mag

Ovsyanka diabetga chalinganlar uchun juda foydali gazak. Uning tarkibida qonda qand miqdorini normallashtiradigan beta-glyukan moddasi mavjud.

Bodom, kedr yong‘og‘i va malina

Foto: The Voice Mag

Tadqiqotlarga ko‘ra, bodom diabetli odamlarda qand darajasini me’yorda saqlashga yordam beradi. Ammo ushbu mazali yong‘oq prediabet tashxisi qo‘yilganlarga unchalik foydali emas. To‘liq gazak uchun 20 dona bodom yetarli. Bodom bilan birga yarim stakan malina iste’mol qilish mumkin. To‘g‘ri, rezavorlar qandni oshiradi, ammo kletchatka va yog‘dan iborat ushbu kombinatsiya vaziyatni muvozanatlashtiradi.

Xurmo

Foto: The Voice Mag

Pokistonlik olimlar yaqinda o‘tkazgan tadqiqotlari xurmo qonda glyukoza darajasini tartibga sola olishini va metabolik kasalliklarda foydali bo‘lganligini ko‘rsatdi. Ammo muhim nyuans bor: ularni diabetda 2-3 dona yeyish mumkin xolos. Shuningdek, uy sharoitida energiya “bomba”sini yaratish uchun sulining butun donlari, xurmo va yong‘oq pastasidan shakar qo‘shmagan holda tayyorlashingiz mumkin.

Guakamole bilan barra sabzavotlar

Foto: The Voice Mag

Pomidor, piyoz, sarimsoq, kinza va avokadodan qilingan quyuq guakamole shakar miqdorini oshirmasdan, tez to‘ydiradi. Uni selderey tayoqchalari yoki bir bo‘lak bulg‘or qalampiri bilan tanovul qilish ham mazali, ham foydali gazak hisoblanadi.

Kreker bilan pishloq

Foto: The Voice Mag

Hozirda barcha do‘konlarda yuqori foizli kepakli krekerlar mavjud. Ular juda arzon, krekerni turli qo‘shimchalar bilan iste’mol qilish mumkin. “Kraker + pishloq” bu mazali gazak protein va murakkab uglevodlar sifatida glyukoza darajasiga ta’sir qilmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »