Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi ayol Rossiya Federatsiyasida bo‘lgan turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali muloqotda yuzaga kelgan kelishmovchiligi sababli ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarini urib, holatni tasvirga olganligi haqidagi videoxabar ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqaldi. Ushbu holat tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur masala yuzasidan Bola huquqlari bo‘yicha vakil — Bolalar ombudsmani Aliya Yunusova izoh berdi.

Aliya Yunusova
Foto: “Daryo”

Masʼullarning o‘rganishicha, bolalarni kaltaklagan ona turmush o‘rtog‘i bilan sevishib turmush qurgan, 3 nafar farzandi bor, farzandlar 4, 3 yosh va 7 oylik.

Turmush o‘rtog‘i xorijga ishlashga ketgan. Kelin oilasida qaynopasi bilan bir necha yildan buyon kelishmay kelgani sababli ota uyiga ketib qolgan. Ota uyida moliyaviy jihatdan qiynalgan, turmush o‘rtog‘idan pul yuborishini talab qilgan. Natijada janjal kelib chiqqan va mazkur holat yuz bergan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Aytilishicha, bolalarning otasi qonunda belgilangan majburiyatlarini bajarmaganligi, oilaga uchinchi shaxslarning aralashuvi bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilish uchun shart-sharoit yaratgan.

“Afsuski, bolalarning onasidan boshqalar javobgarlikdan chetda qolmoqda. Otaning bolalariga g‘amxo‘rlik qilmayotganligi ham bolaga nisbatan zo‘ravonlik uchun shart-sharoit yaratgan. Bunday holatga yo‘l qo‘ygan oila aʼzolarini ham, ayolni ham mutlaqo oqlab bo‘lmaydi”, — deyiladi Bolalar ombudsmani izohida.

Maʼlum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan. Ushbu loyihada “g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik” tushunchasi ochib berilmoqda. Ya’ni, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik – ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) zarur imkoniyatlar, bilim va ko‘nikmalar, shuningdek, tegishli xizmatlardan (davlat, tibbiy, taʼlim, ijtimoiy va boshqalar) foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishiga qaramay qarmog‘idagi bolaning sog‘lig‘i, jismoniy, aqliy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishining jiddiy buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan jismoniy, moddiy va (yoki) psixologik ehtiyojlarini qondirmaslik.

“Mazkur qonun loyihasi qabul qilinib kuchga kirishini kutib o‘tirish, vaqtni zoye ketkazish bilan barobardir. Shuning uchun yuqoridagi holatlarning boshqa takrorlanmasligi, bolalarga zulm qilinmasligi uchun har kim o‘z oilasini isloh qilishi, farzandlarining barkamol o‘sib ulg‘ayishiga munosib sharoit yaratishi kerak. Kattalarning o‘zaro kelishmovchiligi natijasida bolalarning azoblanishi juda achinarli holat. Bolalar himoyaga muhtoj qatlam, ularni himoya qilish barchamizning oliy burchimizga aylanmog‘i zarur”, — deya qo‘shimcha qilgan Aliya Yunusova.

Avvalroq Samarqand viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov Rossiyadagi eri bilan janjallashib qolib, ikki nafar qiz farzandini kaltaklab videoga olgan ona voqeasiga munosabat bildirgan edi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »