Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev 21-oktabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan UFC 294 musobaqasida oktagonga ko‘tariladi.

Foto: UFC

Maxachev ushbu musobaqada Charlz Oliveyraga qarshi revansh jangi o‘tkazadi va kamarini ikkinchi marta himoya qiladi.

Ular o‘rtasidagi dastlabki jang 2022-yilning oktabr oyida UFC 280 doirasida bo‘lib o‘tgan va unda Islom ikkinchi raundda sabmishen evaziga Oliveyrani taslim etib, kamarni o‘ziniki qilgandi.

Shundan keyin Maxachev UFC 284 turnirida Aleksandr Volkanovskini ochkolar evaziga mag‘lub etdi. Charlz esa iyun oyida o‘tkazilgan UFC 289 da Beneil Dariushni nokautga uchratdi.

Foto: UFC

UFC 294 musobaqasida Hamzat Chimayev ham jang qiladi. Unga bu safar Paulo Kosta raqib bo‘ladi. So‘nggi jangini 2022-yilning sentabr oyida o‘tkazgan Chimayev UFC’da olti g‘alabadan iborat seriya qayd etmoqda. Kosta esa ikkita mag‘lubiyatdan keyin 2022-yil avgustda Lyuk Rokholddan ustun kelgandi.

Shuningdek, Abu-Dabidagi musobaqada Nassurdin Imavov va Ikram Aliaskerov o‘zaro to‘qnash keladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »