Xorazmda hokim tug‘ilgan kuniga maktab direktorlaridan 1 mln so‘mdan yig‘ilgani aytilmoqda
Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida hokim tug‘ilgan kuniga maktab direktorlaridan 1 million so‘mdan yig‘ilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan ishchi guruhi tuzilib, o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, holatga aniqlik kiritish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ham murojaat qilindi. Qayd etilishicha, jarayon yakuniga yetgach, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar