Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Diyetolog eruvchan qahvaning zarari va uni qanday cheklash kerakligini tushuntirib berdi.

Foto: Kubnews

Sevimli ichimlik

Eruvchan qahva eng mashhur ichimliklardan biri. Tez va oson tayyorlanadi, ham mazali. Eng muhimi, bu turdagi qahvaning deyarli zarari yo‘q. Ammo diyetolog Yelena Solomatina eruvchan qahva ichish sog‘liq uchun xavfsiz degan fikrni rad etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, faqat yuqori sifatli eruvchan qahvagina xoh qutida, xoh paketda — qadoqlanishidan qat’i nazar uni iste’mol qilganda sog‘liqqa zarar yetkazmasligi mumkin. Ammo muammo shundaki, ayrim qallob ishlab chiqaruvchilar ba’zan qahvaga surrogat mahsulot aralashtiradi. Bu ichimlik esa nihoyatda zararli.

Solomatinaning qayd etishicha, ko‘pincha sutli (yoxud qaymoqli) qahva deb ataladigan mahsulot surrogatlar ro‘yxatiga kiradi. Ko‘pincha xuddi shu qahva quruq sut, past sifatli palma yog‘i asosida tayyorlanadi. Bunday ichimlik tarkibida boshqa moddalar qatorida lazzat kuchaytirgichlar hamda sun’iy xushbo‘y hid beruvchi moddalar bo‘lishi ehtimoli mavjud.

Ko‘proq suv iching

Foto: Google Images

Shifokor ta’kidlaydi: agar sizda tromboz bo‘lsa, eruvchan qahvani iste’mol qilishda nihoyatda ehtiyot bo‘lishingiz kerak, yaxshisi, bu ichimlikdan butunlay voz keching.

Ushbu qahva diuretik ta’sirga ega, buning natijasida organizm suyuqlikni intensiv ravishda yo‘qotadi. Suyuqlik yetarli miqdorda bo‘lmasa, qon quyuqlasha boshlaydi va oqibatda qon quyqalari — tromblar hosil bo‘ladi va bu salomatlik uchun xavfli holatdir.

Diyetolog qahva ichgandan so‘ng suv ichishni maslahat beradi. Bu faqatgina tromboz xavfi bo‘lgan odamlarga emas, balki hammaga tegishli.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »