Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Moskvada qo‘lga olingan Igor Strelkov (Girkin) Rossiya hukumati va harbiy qo‘mondonligini Ukrainaga qarshi muvaffaqiyatli urush olib bormayotgani uchun muntazam ravishda tanqid qilib kelgan. 

Foto: “nashaniva.com”

So‘nggi kunlarda u o‘zining Telegram kanalida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Alina Kabayeva haqida keskin bayonotlar bergan. Hozirda u ekstremizmda ayblanmoqda. Strelkovning oxirgi bayonotlari quyidagilardan iborat.

18-iyul kuni u shunday deb yozgan edi: “Adashmayapmanmi yoki 15 yil davomida hech qachon: prezident buyurdi, prezident jazoladi, prezident mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi, degan bayonotlarni eshitmadimmi? Nolish, sheriklar haqida shikoyatlar, ‘barcha yomonlikka qarshi yaxshilikka’ chaqiriqlar qancha xohlasangiz, shuncha bor. Ammo uzoq vaqt davomida prezidentning ritorikasi an’anaviy ‘erkak standarti’ga — ‘aytganday ko‘rinishdan ko‘ra bo‘lishga’ o‘xshamaydi.
23 yil davomida mamlakat boshida aholining salmoqli qismining ko‘ziga chang sepishga muvaffaq bo‘lgan shaxs turdi. Mamlakat bunga yana olti yil chidamaydi”, — degan u.

19-iyul kuni Girkin Putinning Janubiy Afrika Respublikasidagi BRIKS sammitiga borishdan bosh tortganiga izoh berdi. “Ehtimol, ba’zi ishtirokchilar yig‘ilish oldidan 2 haftalik qattiq karantindan o‘tishdan bosh tortgandir”, — deb yozgan u.

Shuningdek, Girkin Ukraina ittifoqchilardan tobora kuchliroq qurol tizimlarini olishidan shikoyat qilgan.

“Asta-sekin va unchalik katta bo‘lmagan miqdor — urush imkon qadar uzoq davom etishi, ichki muammolar tufayli Rossiyaning qulashi bilan yakunlanishi uchun yetarli. Yangi hujumlar, teraktlar, qo‘poruvchilik harakatlari bo‘ladi. Ularning soni tobora ko‘payib boradi. Mamlakatimiz katta. Muammar Kaddafiy yo‘li bo‘ylab ‘jabrlanuvchiga yetib olish’ uchun finalga qadar ko‘p vaqt talab etiladi”, — degan Girkin.

Mart oyida Girkin Rossiya prezidentidan “jim bo‘lishni” so‘ragan.

“Vladimir Vladimirovich, jim bo‘l. Ovozingni o‘chir, yaxshisi jim bo‘l. Shunda mamlakatimizda senday prezident borligidan uyalmaymiz va dushman masxara qilmaydi”, — degan u o‘zining videomurojaatlaridan birida.


Girkinning hibsga olinishi

Moskvada 2014-yilda o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi (DXR) qo‘shinlariga rahbarlik qilgan Igor Strelkov (haqiqiy ismi Girkin) hibsga olindi. U ekstremizimda ayblanmoqda. Hozirda Girkinning uyi tintuv qilinmoqda, u qayerda ekani ma’lum emas.

Strelkov Gaaga tuman sudi tomonidan sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. U 2014-yil avgustida Malayziyaning Boeing halokatida aybdor deb topilgandi. Strelkov sud majlislarida qatnashmagan va o‘z aybini qat’iyan rad etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »