Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Moskvada huquq-tartibot idoralari xodimlari 2014-yilda o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi (DXR) qo‘shinlariga rahbarlik qilgan Igor Strelkovni (haqiqiy ismi Girkin) hibsga oldi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Foto: Reuters

Manbalarga ko‘ra, sobiq federal xavfsizlik xizmati zobiti 21-iyul kuni tushga yaqin uyidan olib ketilgan. Hozir uning kvartirasi tintuv qilinmoqda. Hibsga olish “Vagner” sobiq xodimining iltimosiga binoan amalga oshirilgani aytilmoqda.

Tergovni Federal xavfsizlik xizmati olib boradi. Ayblanuvchining advokati Aleksandr Moloxov  hozirda Strelkovning qayerdaligini qidirmoqda. U Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasiga ketayotganini qayd etdi.

Strelkovning Telegram’ida uning rafiqasi Miroslava Reginskayaning xabari paydo bo‘ldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Tergov qo‘mitasi vakillari kelganida uyda bo‘lmagan.

“Do‘stlarim orqali erimga nisbatan Jinoyat kodeksining 282-moddasi (ekstremizm) bo‘yicha ayblov qo‘yilganini bildim”, — deydi Strelkovning rafiqasi.

Igor Strelkov 2022-yil 14-avgust kuni DXR mudofaa vaziri lavozimidan chetlashtirilgan va shundan beri jangovar harakatlarda qatnashmagan.

2022-yil fevral oyidan beri  Strelkov urush hududiga borishga tayyorligini bir necha bor e’lon qilgan, shu bilan birga, mamlakat rahbariyati va Mudofaa vazirligi, Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimov va ”Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinni tanqid qilgan.

Strelkov Gaaga tuman sudi tomonidan sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. U 2014-yil avgustida Malayziyaning Boeing halokatida aybdor deb topilgandi. Strelkov sud majlislarida qatnashmagan va o‘z aybini qat’iyan rad etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »