Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Maʼmuriy islohotlar doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Farmonga ko‘ra, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida har bir investorga loyiha ishga tushirilgunga qadar barcha bosqichda hamrohlik qiladigan, xususan, yer olish, infratuzilmaga ulanish, ruxsatnomalarni rasmiylashtirish kabi masalalarni hal qilib boradigan “investitsiya menejerlari” biriktiriladi.

Farmonga muvofiq, quyidagilar tashkil etiladi:

  • Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi huzurida Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi;
  • Vazirlik huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Sanoat va tashqi bozorlarni tahlil qilish markazi;
  • Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi tizimida Investorlar markazi;
  • Eksportni rag‘batlantirish agentligi tizimida Eksportchilar markazi.

2023-yil 1-dekabrgacha Elektron kooperatsiya portali negizida O‘zbekiston Milliy sanoat portali yaratiladi.

“GSP+” tizimi imtiyozlari qo‘llanilishiga doir maʼlumotlar olish, sinov laboratoriyalarini (shu jumladan, veterinariya, o‘simliklar karantini, sanitariya-epidemiologiya sohalarida) erkin tanlash, sinov bayonnomalarini elektron rasmiylashtirish imkonini beradigan “E-sertifikat” axborot tizimi ishga tushiriladi.

“Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi” davlat korxonasining O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan tovarlar shtrixli kodlarining davlat reyestrini yuritish monopol funksiyasi bekor qilinadi.

2023-yil 1-avgustdan 20 ta vazirlik va idoralarda yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha “loyiha ofislari” tashkil etiladi.

Shuningdek, bino-inshootlar xarid qilish va ijaraga olish uchun kreditlar Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Sanoat ipotekasi” tizimi asosida ajratiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »