Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp ustidan maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlash ishi bo‘yicha sud jarayoni 2024-yil 20-may kuni boshlanadi, deb qaror qildi Florida shtati, Fort-Pirs shahar okrugi sudyasi Eylin Kanno. Trampning advokatlari ushbu sanaga norozilik bildirib, mijoziga qarshi har qanday sud jarayoni 2024-yil noyabrda bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidentlik saylovlaridan keyingina o‘tkazilishi kerakligini ta’kidladi.

Foto: Reuters

Tramp matbuot kotibining aytishicha, sud jarayoni uchun belgilangan sana “prezident Tramp va uning yuridik jamoasiga jinoiy ishga qarshi kurashni davom ettirish imkonini beradi”.

AQSH maxsus prokurori Jek Smit idorasining matbuot kotibi holatga izoh berishdan bosh tortdi.

Sakkiz bandlik ayblov

8-iyun kuni Trampga sakkizta band bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Prokuraturaning fikricha, Tramp undan maxfiy hujjatlarni qaytarib olishga uringan amaldorlarga materiallarni shaxsan o‘zi topshirmoqchiligini aytib, yolg‘on gapirgan. Tramp aybini tan olishdan bosh tortdi. 

Tramp Oq uyni tark etayotgan vaqtda maxfiy hujjatlar solingan o‘nlab qutilarni o‘zi bilan olib ketgan va ularni Palm-Bichdagi (Florida shtati) Mar-a-Lago qarorgohida saqlagan.

Tramp maxfiy hujjatlar solingan qutilarni uyining turli joylarida, jumladan, bal o‘tkaziladigan zal, yuvinish xonasi va dush, hojatxona, yordamchisining xonasi, yotoqxona va oshxonada saqlagan. AQSH sobiq prezidenti maxfiy hujjatlar bilan ishlash qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda.

Trampga qarshi yana bir sud jarayoni

Kelgusi yilning 25-mart kuni Donald Tramp sobiq aktrisaning jim yurishi uchun pul to‘laganiga oid bir nechta ayblovlar bo‘yicha Manxettendagi sudga ham chiqishi kerak.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »