Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyatida “Adibaxon onam” oilaviy nodavlat maktabgacha ta‘lim tashkilotida bola kaltaklangani aniqlandi. Bu haqda viloyat maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: "Daryo" / Madina Nurman

 

Unga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan MMTB hamda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimi tomonidan tezkor ishchi guruh tuzilib, oʼrganish ishlari olib borildi. Oʼrganish ishlari sudgacha borgani hozirda sud jaryonlari davom etayotgani sababli yakuniy xulosani sud qarori bilan berish rejalashtirilgan edi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 595-sonli qaroriga asosan, oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 3-7 yoshli bolalar qabul qilinishi belgilab qoʼyilgan. Biroq, “Adibaxon ona” oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi, hali 2 yoshga ham toʼlmagan M.ni tarbiyalanuvchilar safiga qabul qilgan. 

Holat boʼyicha 15-iyun kuni tarbiyachi M.X hamda yordamchi tarbiyachi D.X.lar lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajarmagani sababli ish beruvchi tomonidan vazifasidan ozod etilgan.

Tadbirkordan noqonuniy tartibda 3 yoshga toʼlmagan bola qabul qilgani uchun qonun doirasida tegishli choralar ko‘rildi hamda keyingi ish faoliyatida bunday noqonuniy holatlar takrorlanmasligi boʼyicha rasman ogohlantirildi.

14-iyun kuni bolani onasi tomonidan IIBning hududiy profilaktika inspektoriga ariza bilan murojaat qilgan va bolaga boshqa tan jaroxat olgan (kuyish, kaltaklangan, nooʼrin xatti- harakatlar qilingan) degan gumon bilan ekspertizaga berildi. Ekpertiza xulosasi hududiy profilaktika inspektori kapitan Ibragimov tomonidan olinib, fuqarolik sudi Izboskan tumani boʼlimiga oʼrganib, chora koʼrish yuzasidan berildi.

Holat yuzasidan ma‘lumotlar tegishli organlarga topshirilgan hamda qonun doirasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »