Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Xalqaro festivallar direksiyasi 6—8-may kunlari Sirdaryoda bo‘lib o‘tgan Xalqaro baxshichilik festivali mehmonlarini oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun qariyb 900 million so‘m sarfladi. “Daryo” lot ma’lumotlarini kuzatish davomida shubhali holatga duch keldi.

Skrin: xarid.uzex.uz

Xalqaro festivallar direksiyasi davlat xaridini hech qanday tanlov yoki tender savdolarisiz, shunchaki to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshirgan. 23-aprel kuni “Muyassar-Robiya” MChJ bilan shartnoma imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra, festival ishtirokchilarini ovqatlantirish xarajatlari quyidagicha hisob-kitob qilingan:

  • 4750 kishilik nonushta — 159 million 600 ming so‘m (har biri 33 ming so‘mdan);
  • 3950 kishilik tushlik — 199 million 80 ming so‘m (har biri 50 ming 400 so‘mdan);
  • 3500 kishilik tushdan keyingi ovqat — 98 million so‘m (har biri 28 ming so‘mdan);
  • 3500 kishilik kechki ovqat — 176 million 400 ming so‘m (har biri 50 ming 400 so‘mdan).
Skrin: xarid.uzex.uz

Bundan tashqari, kofe-breyk xizmati uchun 264 million 512 ming 640 so‘m sarflangan. Baxshichilik festivali qatnashchilarini ovqatlantirish umumiy hisobda 897 million 592 ming 640 so‘mga tushgan.

Skrin: Statistika agentligi

Yetkazib beruvchi “Muyassar-Robiya” tadbirkorlik subyekti rahbariyati bilan tanishamiz. MChJning 100 foizlik ta’sischisi va rahbari Sodiqov Valijon Baxtiyorovich hisoblanadi. U bir paytning o‘zida boshqa bir korxona — “Mushtariybonu-Asilbek-Abzalbek” MChJga ham rahbar hisoblanadi.

Skrin: Statistika agentligi

Qizig‘i va shubhalisi shundaki, ushbu tadbirkorlik subyektining ta’sischisi Avazbek Abdulhamidovich Shomurodov deb ko‘rsatilgan. Avazbek Shomurodov esa 2022-yilning iyul oyidan buyon Toshkent viloyati Madaniyat va turizm boshqarmasi rahbari hisoblanadi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Bu holat bir qancha savollarni keltirib chiqarishi tabiiy. Misol uchun, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunning 13-moddasiga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishi, ularning muassisi bo‘lishi mumkin emas. Ammo nega oradan qariyb bir yil o‘tgan bo‘lsa ham, Avazbek Shomurodov holati bo‘yicha hokimlikka tegishli taqdimnoma kiritilib, mansabdor shaxsning tadbirkorlik subyektlaridagi faoliyati tugatilishi choralari ko‘rilmadi?

Xalqaro baxshichilik festivali har ikki yilda bir marta bo‘lib o‘tishi haqida 2021-yildayoq qaror qilingan edi. Ya’ni bu tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga yetarlicha muddat bo‘lgan, shoshilinch tarzda xaridlar amalga oshirishga ehtiyoj yo‘q edi. Shunday ekan, nega undagi mehmonlarni ovqatlantirish xizmati uchun davlat xaridi ochiq tender savdolariga qo‘yilmay, doimiy hamkorga (“Muyassar-Robiya” MChJ bundan avval ham Madaniyat vazirligining bir qancha xizmatlarini bajarib kelgan) to‘g‘ridan to‘g‘ri berib yuborildi

Va nega aynan bu tadbirkorlik subyekti tanlab olish jarayonida ustunlikka erishildi? Bunda Avazbek Shomurodov korxonaga bilvosita bog‘liq ekani ta’sir o‘tkazmagani qanchalik ishonarli?

Tegishli tashkilotlardan munosabat kutib qolamiz.

Abduqahhor Qosimov
Muxbir:

Abduqahhor Qosimov

Izoh

Akbar

24.07.2023, 16:17

Baraka topsin.jurnalist

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »