Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Butun dunyo shahzoda Garri va Megan Marklning ajrashishi mumkinligi haqida gapirayotganida biz hammasi qanday boshlanganini va qaysi voqealar ularning taqdiridagi uchrashuvga hissa qo‘shganini eslashga qaror qildik.

Foto: Wday

Shahzoda Garri sevgilisining to‘liq ismi Megan Reychel Markl. U ismlaridan biri hamda haqiqiy familiyasini qoldirgan holda o‘ziga sahnaviy taxallus tanlagan. 36 yoshli aktrisa kinoda katta muvaffaqiyatga erishdi va o‘zini model sifatida ham sinab ko‘rdi, biroq u shahzoda Garri bilan munosabati haqida mish-mishlar tarqalganidan keyin haqiqatan ham mashhur bo‘ldi.  

Shaxsiy hayot

Megan Reychelning ota-onasi turli irqlarga mansub, ammo aktrisaga qarab, uning qora tanli ekanligini payqash qiyin. Kaliforniyaning qoq markazida, Los-Anjelesda tug‘ilgan Meganning otasi asli irlandiyalik. Tom Markl — o‘z vaqtida “Emmi” mukofotiga sazovor bo‘lgan taniqli postanovkachi-operator hisoblanadi. Aktrisaning onasi afro-amerikalik bo‘lib, sotsiologiya va klinik psixologiya bo‘yicha magistr darajasini olgan, biroq keyinchalik yoga o‘qituvchisi bo‘lishga qaror qilgan.

Yosh Megan ko‘p vaqtini filmlarning suratga olish maydonchasida o‘tkazar, jarayonni tomosha qilar va mashhurlar bilan muloqot qilardi. U yulduzlardan hech ham tortinmasdi va 11 yoshida AQSHning birinchi xonimi Xillari Klintonga xat yozdi.

Bu murojaatda u reklama roliklarida aks etgan ayollar obrazidan ko‘ngli to‘lmasligini bildirgan. Reklamada ayollar faqat oshxonada bo‘lishi kerakligi, ularning asosiy vazifasi uyning tozaligi, ovqat tayyorlash va bolalar tarbiyasidan iboratligi ko‘rsatilgan edi.

Foto: Wday

Megan maktabni bitirganidan so‘ng Shimoliy-G‘arbiy Kaliforniya universitetiga o‘qishga kirdi va bir vaqtning o‘zida ikkita mutaxassislik — teatr san’ati va xalqaro munosabatlar sohasida tahsil oldi. U universitetda tahsil olayotgan paytda model bo‘lib ishladi va o‘qishni tamomlagandan so‘ng to‘g‘ridan to‘g‘ri suratga olish maydonchasiga bormay, AQSHning Buenos-Ayresdagi elchixonasida jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xodimi bo‘lib ishladi.

Kunlarning birida aktrisaning do‘sti undan kompaniyasi suratga olayotgan loyiha kastingida ishtirok etishini so‘raydi. Shundan keyin Megan e’tiborga tushdi va ko‘p o‘tmay kinoda debyut qildi. U ilk marta 2002-yilda “Asosiy gospital” teleserialining epizodlaridan birida suratga tushdi. Aktrisa besh yil davomida rol o‘ynagan “Fors-major” serialidan keyin muvaffaqiyatga erishdi. 

 Shahzoda bilan tanishuv

Shahzoda Garri Meganni birinchi marta “Fors-major” serialida ko‘rgan. Qahramon Reychel Zeyn qirolicha Yelizaveta II nevarasining yuragiga shunchalik chuqur kirib bordiki, u boshqa narsani o‘ylay olmadi. Shundan keyin Garri u ishtirok etgan seriallarni tomosha qilib, loyihalarga yanada ko‘proq e’tibor qaratdi va bo‘lajak turmush o‘rtog‘ining ijrosiga qoyil qoldi.

Keyinchalik uning sevimli qahramoni rolini ijro etgan aktrisa bilan shaxsan uchrashish istagi shunchalik kuchaydiki, u uchrashuv tashkil etish iltimosi bilan do‘sti Markus Andersonga murojaat qildi. Markl Serena Uilyamsni Uimbldon turnirida qo‘llab-quvvatlashga kelgan paytda Soxoda juftlik hayotini o‘zgartirgan uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Foto: Wday

Garri aktrisaning o‘zini tutishi, u bilan oddiy tarzda muloqot qilishi va o‘zini boshqa insonlardan ajratib ko‘rsatmasligiga hayron qolgan. Juftlikning do‘stlari Megan shahzoda bilan gaplashayotgan paytda umuman xijolat bo‘lmaganini, kulib, yaxshi munosabatda bo‘lganini aytgan.

Uels shahzodasi go‘zal va ishonchli qiz u bilan yaxshi munosabatda bo‘lganidan xursand edi, shuning uchun Garri aktrisa bilan yana bir marta uchrashish niyatida ekanini bildirdi. Shundan keyin shov-shuvlarga sabab bo‘lgan, eng ko‘p muhokama qilingan munosabatlar boshlandi.

Shahzoda Garri bilan bo‘lgan munosabatidan so‘ng Megan Markl odatiy hayot tarzini unutishi: Nyu-Yorkdan Londonga ko‘chib o‘tishi, shuningdek, aktrisalik faoliyati bilan xayrlashishi kerak edi.

Kensington saroyi juftlikning munosabatlari haqidagi ma’lumotni ilk marta 2016-yilning noyabr oyida rasman e’lon qildi. Oradan bir yil o‘tgach, ularning unashtirilishi ma’lum bo‘ldi. Shahzoda Garri Megan bilan turmush qurayotgan paytda unga malika Diananing olmos uzugini sovg‘a qildi.

Garri va Meganning to‘yi 2018-yilning eng shov-shuvli to‘ylaridan biri bo‘ldi. Marosim Vindzor qal’asidagi Avliyo Jorj ibodatxonasida bo‘lib o‘tdi. To‘yda 600 dan ortiq inson ishtirok etdi, agar bu raqamga onlayn translyatsiyalar paytida marosimni kuzatib borganlarning barchasini qo‘shadigan bo‘lsak, tadbirni bir necha yuz million tomoshabin ko‘rgan.

2019-yilning 6-mayida Sasseks gersoginyasi Archi Xarrison Mauntbatten-Vindzor ismli o‘g‘lini dunyoga keltirdi. 2021-yilda esa juftlikning qizi Lilibet tug‘ildi.  

Juftlikning to‘yi shahzoda Uilyam va Keyt Middltonning to‘y marosimi kabi dabdabali bo‘ldi. Hatto qirolicha ham Garri o‘zining hayotdagi hamrohi sifatida allaqachon turmushga chiqqan aktrisani tanlaganiga rozi bo‘lgan.

“Bu sehrgarlik, sodir bo‘layotgan hamma narsa hayratlanarli. Men uchun dunyoda ikkita eng yaxshi yigit bor, shuning uchun ham men juda baxtliman. Bizning chaqalog‘imiz nihoyatda noziktabiat, u juda xotirjam bola”, — deydi Megan o‘g‘li tug‘ilgandan keyin.

Biroq, to‘ydan keyin Megan va Garri qirollik vazifalarini bajarishda qiynalgani ma’lum bo‘ldi, ular rasmiy qabullarsiz tinch, osoyishta hayotni xohladi. 2020-yilda juftlik qirollik oilasi a’zolari bilan xayrlashib, Los-Anjelesga ko‘chib o‘tdi va taniqli qarindoshlari bilan aloqalarni uzdi.

Foto: Wday

Shahzoda Garrining o‘z yaqinlari haqidagi noxush tafsilotlarni ochib bergan “Zaxira” kitobi chiqqandan so‘ng, vaziyat keskinlashdi.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, ijtimoiy tarmoqlarda Garri va Meganning oilasida kelishmovchilik sodir bo‘lgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Insayderlarning so‘zlariga ko‘ra, juftlik birga yashamayapti. Ular moliyaviy muammolar tufayli shunday qarorga kelgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »