Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zgidromet” hafta davomida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, boshlangan haftaning katta qismida O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari harorat 39-42 darajaga, janubda va cho‘l hududlarda, shuningdek, 24–25-iyul kunlari respublika shimolida ba‘zi joylarda 43-44 darajaga yetadi.

27-iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga, 28-iyulda respublikaning barcha hududlariga Qozog‘iston hududlaridan nisbatan salqin havo kirib keladi va harorat 35-38 darajagacha, janubda 40-42 darajagacha biroz pasayadi. Bunday harorat hafta oxirida ham saqlanib turadi.

Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha, ayrim joylarda 20-22 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Tog‘li hududlarda 24-iyulda kunning ikkinchi yarmida va hafta oxirida ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Toshkentda 24–27-iyul kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 24–27-iyulda 39-42 daraja, 28-iyulda 38-40 daraja bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »