Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina mudofaa vaziri Aleksiy Reznikov CNN telekanaliga bergan intervyusida NATOning navbatdagi sammitiga qadar Rossiya—Ukraina urushi Kiyevning g‘alabasi bilan yakunlanishini, shundan so‘ng mamlakat alyansga taklif qilinishini aytdi.

Foto: Reuters

Reznikov Shimoliy Atlantika alyansining 2024-yil iyul oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sammiti yubiley bo‘lishini eslatib o‘tdi: o‘shanda NATO tashkil topganiga 75 yil to‘ladi.

“Kim biladi, ehtimol bu kun Ukraina uchun juda muhim bo‘lib qolar”, — dedi vazir va bu “faqat prognoz” ekanini qo‘shimcha qildi.

Reznikovning tushuntirishicha, Ukraina Qurolli kuchlari alyans talablariga amal qilsa ham, keng ko‘lamli urush davom etayotgan bir paytda mamlakat NATOga qabul qilinmaydi. Vazir Ukraina NATOga a’zo bo‘lish uchun zarur islohotlarni davom ettirishiga va’da berdi.

U, shuningdek, ukrainalik uchuvchilar 2023-yil avgustida Amerikaning F-16 samolyotlarini boshqarishni o‘rgana boshlashini, 2024-yil bahoriga kelib esa bu samolyotlar Ukraina osmonida paydo bo‘lishi mumkinligini aytdi.

2023-yilning 11—12-iyul kunlari Vilnyusda NATOning navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tgandi. Uning asosiy mavzularidan biri — imkon qadar tezroq NATOga a’zo bo‘lishni talab qilayotgan Ukrainaning alyansga kirishi masalasi edi.

Sammit yakuniga ko‘ra, NATOga aʼzo davlatlar Ukrainaning alyansga kirish jarayonini soddalashtirishga kelishib oldi. G7 davlatlari esa Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi bayonotni qabul qildi, unga ko‘ra, mazkur davlatlar Kiyevga harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatishda davom etadi, shuningdek, razvedka maʼlumotlari almashinuvi jadal olib boriladi. Bundan tashqari, G7 davlatlari Rossiyaning Ukrainaga yana hujumi sodir bo‘lsa, zudlik bilan chora ko‘rishga va’da berdi.

Sammitdan so‘ng Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevning alyansga taklif qilinishi umidi amalga oshmagan bo‘lsa-da, mamlakat uchrashuvdan “katta ijobiy natija” olganini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »