Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “Qirg‘iziston Respublikasi energetika sohasidagi favqulodda vaziyat to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmatiga tayanib, Tazabek xabar berdi.

Foto: ktrk.kg

Energetika sohasida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi taklif 20-iyul kuni energetika vaziri Taalaybek Ibrayev tomonidan ilgari surilgandi.

Farmon Qirg‘izistonda iqlim muammolari, Norin daryosi havzasida suv oqimining pastligi va energiya iste’molining tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgani sharoitida ishlab chiqarish quvvatlarining yetishmasligi bilan bog‘liq energetika inqirozidan olib chiqish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rishga qaratilgan.

Favqulodda holat 2023-yil 1-avgustdan 2026-yil 31-dekabrgacha amal qiladi. Qirg‘iziston energetika vaziri ushbu farmonning lozim darajada bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »