Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropani qamrab olgan jazirama to‘lqin Yevropa bozorida gazning spot narxini birdaniga 11 foizga — har ming kubometr uchun deyarli 360 dollargacha o‘zgartirdi.

Yevropada spot narxi 11,2 foizga oshgan. 25-iyul kuni Niderlandiyaning TTF gaz markazida yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar ming kub metr uchun 359,9 dollardan tuzilgan.

Foto: The New York Times

Shunga qaramay, Yevropa omborxonalarga gaz quyishda davom etmoqda. Zaxiralarning joriy darajasi 83,74 foizni tashkil etdi, bu so‘nggi besh yildagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 15 foiz punktga yuqori.

Agar bu intensivlik butun yoz davomida saqlanib qolsa, sentabr oyining oxiriga kelib 90 foizga yetishi mumkin.

Yevropada gaz bilan bog‘liq vaziyat

Yevropada gaz narxi 2023-yil boshida gaz omborlarini ko‘p to‘ldirish fonida pasayishni boshladi. 2023-yil may oyida Yevropada gaz narxi ikki yil ichida birinchi marta 1000 kub metr uchun 350 dollardan pastladi.

2023-yil 18-iyul holatiga ko‘ra, Rossiya gazi Yevropada keraksiz bo‘lib borayotgani xabar qilingan. 2023-yilning birinchi yarmida Rossiya gazining Yevropaga eksporti deyarli 40 milliard kub metrga kamaydi. Shuningdek, yil oxirida Rossiyada ishlab chiqarish yiliga yana 62 milliard barrelga qisqarishi bashorat prognoz qilingan.

2023-yil 18-iyul holatiga ko‘ra, tabiiy gaz narxi bir hafta ichida 60 dollarga arzonlashgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »