Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida chegara hududlari aholisi o‘rtasida yangi konflikt yuzaga keldi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Foto: border_kg

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmatining xabar berishicha, hodisa Tojikistondan Qirg‘iziston hududidan o‘tuvchi Vorux anklaviga olib boradigan yo‘lda sodir bo‘lgan.

“Qirg‘izistonning ikki fuqarosi shaxsiy avtomobilida Oq-Say—Ko‘k-Tosh avtomobil yo‘li bo‘ylab ketayotgan bo‘lgan. Shu payt Tojikiston fuqarolariga tegishli bo‘lgan sakkizta mashinadan iborat karvon Vorux anklavidan Xo‘jay-Alo qishlog‘i tomon yo‘l olgan”, — deyiladi xabarda.

Tojikiston fuqarolari mashinalarida Qirg‘iziston fuqarolarining yo‘lini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan. Oqibatda Dacha massivida ikki davlat fuqarolari o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

Konflikt avj olishining oldini olish maqsadida voqea joyiga Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmasi xodimi yetib kelgan. Biroq u voqea joyiga yaqinlashganda, Tojikiston fuqarolari — Xo‘jay-Alo qishlog‘i aholisi unga hujum qilgani aytilmoqda.

“Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi xodimi u yerdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan, biroq Tojikiston fuqarolari uni kaltaklashga uringan, shuningdek, mashinasining orqa ko‘zgusini ham sindirgan”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, hozirda ikki davlat chegarachilari vaziyatni tinchlantirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »