Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Bagdat Musin aholidan internetni tejashni so‘radi. Bu haqda “Kursiv” xabar berdi.

Foto: “inform.kz”

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, respublikada internet juda ko‘p ishlatiladi, shuning uchun aloqa sifatini yaxshilash maqsadida odamlar trafikni tejashi kerak. Qozog‘istonliklar internet sifatining yomonlashuvi fonida uyali aloqa tariflari narxi oshishidan shikoyat qilmoqda. Vazir bu abonentlar sonining o‘sishi bilan bog‘liqligini aytdi.

Bundan tashqari, Bagdat Musin mobil internet suv va elektr energiyasi kabi tugaydigan resurs ekanini, uni ham himoya qilish zarurligini ta’kidladi.

“Qozog‘istonliklar 15-20 gigabayt axborot iste’mol qilishga o‘rganib qolgan, rivojlangan davlatlar esa 9,9 gigabayt. Keling, tejaymiz. Mobil internet qimmat ekanini tushunaylik. Uyga kelganingizda, Wi-Fi’ga ulanishingiz kerak. Iqtisodiy madaniyat bo‘lishi kerak”, — dedi Bagdat Musin.

Shu bilan birga, uyali aloqa tariflarining oshishi haqida Musin infratuzilmani yaxshilash uchun operatorlarga qo‘shimcha sarmoya kerak, dedi. Shu uchun ham operatorlar abonentlar uchun xarajatlarni oshirishini bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »