Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy harakatlar fonida O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi.

So‘nggi kunlarda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy harakatlar hamda ushbu davlatlar hududlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq turli xabarlar tarqalmoqda.

Shu munosabat bilan agentlik Rossiya hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga ishlash maqsadida bormaslikni, harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so‘raydi.

Avvalroq Rossiyaning Volgograd shahridagi avtobuslarda Rossiya armiyasiga xizmatga qabul qilish to‘g‘risida o‘zbek tilidagi e’lonlar paydo bo‘lgandi. Oyiga 200 ming rubl (taxminan ikki ming dollardan oshadi) va’da qilingan daromaddan tashqari, xizmatga borishni istaganlar Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishi eslatib o‘tiladi. Bunday e’lonlar xorijlik fuqarolar uchun mo‘ljallangani va tojik, qozoq tillarida ham chop etilishi ta’kidlangan.

23-iyul kuni Rossiya Donetsk viloyatida O‘zbekistondan kelgan quruvchilarning pasportlarini olib qo‘yib, ularni “ko‘ngilli” sifatida urushga yuborgani haqida xabar berildi. O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi holat yuzasidan ma‘lumot berdi. Unga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi tomonidan O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya qo‘shinlari safiga ko‘ngilli sifatida majburan safarbar etilayotgani to‘g‘risida chop etilgan maʼlumot yuzasidan Ukrainadagi elchixona mazkur davlat Tashqi ishlar vazirligiga tegishli so‘rov yuborgan.

O‘z navbatida Ukrainaning Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaning ushbu davlatga qarshi urushida qatnashmaslik va Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlariga bormaslikka chaqirdi.

O‘zbekiston fuqarolariga chet davlatlarining harbiy xizmatiga yollanish qonunan taqiqlanadi!

O‘zbekiston fuqarolari chet davlatlarning (shu jumladan, Rossiyaning) harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollangani uchun O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 154,1-moddasiga ko‘ra 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izoh

Elmonova Shahnoza

26.07.2023, 05:45

To‘g‘ri, Rossiya va Ukraina urushda O‘zbekiston davlatiga aloqasi yo‘q, Dunyoda tinchlik bo‘.sin,O'zbekiston davlati,harbiy sohani rivojlantirish kerak, bu zamon talabi.

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »