Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyati IIBning sobiq xodimlari 5,6 milliard so‘mni talon-toroj qilgani aniqlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Viloyat prokuraturasi tomonidan fuqaro M.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilish) va boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilgan.

Xususan, tergovda fuqaro M.M. va boshqalar tomonidan viloyat IIB depozit hisobidagi jami 5,6 milliard so‘mlik pul mablag‘i o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlangan.

Tergov natijasiga ko‘ra, viloyat IIB Moliya ta’minot xizmati boshlig‘i o‘rinbosari M.M., buxgalteriya hisobi va hisobot bo‘limi sobiq boshlig‘i D.A., IIB MTX sobiq xodimi Sh.M., MIB Andijon shahar bo‘limi sobiq ijrochisi Sh.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” “g” bandlari va boshqa moddalari bilan ayblov e’lon qilingan, ayblanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ayblanuvchilarning aybi jinoyat ishi bo‘yicha to‘plangan dalillar yig‘indisi bilan o‘z tasdig‘ini topgan va jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilib, hozirda sud muhokamasi o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »