Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan agar Boku Stepanakert (Tog‘li Qorabog‘dagi shaharlar) bilan muloqot o‘rnatsa, Armaniston va Ozarboyjon 2023-yil oxirigacha tinchlik bitimini imzolashi mumkinligini aytdi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Shu bilan birga Pashinyan tinchlik kelishuvida Tog‘li Qorabog‘ masalasida Boku va Yerevanga mos keladigan band bo‘lishi dargumon ekanini ta’kidladi.

“Agar Boku—Stepanakert muloqoti boshlansa, shu yil oxirigacha tinchlik shartnomasini imzolash uchun imkoniyat bo‘ladimi? Menimcha ha... Tinchlik shartnomasida Qorabog‘ bo‘yicha Armaniston, Ozarboyjon va Tog‘li Qorabog‘ birdek ma’qullaydigan band bo‘lishi ehtimoli juda past”, — deya Pashinyanning so‘zlaridan iqtibos keltiradi “Izvestiya” nashri.

Avvalroq Pashinyan Ozarboyjon bilan barqaror tinchlik o‘rnatish imkoniyatiga ishonishini aytgandi. Uning qo‘shimcha qilishicha, diplomatik jarayonga ikki davlat vakillaridan tashqari turli omillar: ichki va tashqi siyosat, gumanitar vaziyat, xalqaro vaziyat ta’sir ko‘rsatadi.

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Moskvada Ozarboyjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rilayotganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 22-may kuni Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ni Ozarboyjonning bir qismi sifatida tan olishga tayyorligini ma’lum qildi. 25-may kuni esa Moskvada bo‘lib o‘tgan Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida Pashinyan va Aliyev bir-birining hududiy yaxlitligini tan olishga kelishib oldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »