Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Mashhur filmlar asosida yaratilgan ko‘plab muzeylar mavjud. Har bir muzey artefaktlar xazinasiga ega, biroq eng muhimi, bu muzeylarga sayohat qilgan inson o‘zini ma’lum bir filmga tushib qolgandek his qiladi. Quyida shu kabi mashhur muzeylar haqida ma’lumot beriladi.

“Telba Maks-2: G‘azab yo‘li” muzeyi

Foto: “Film.ru”

2010-yilda “Telba Maks” filmining ikkinchi qismiga bag‘ishlangan muzey ochildi. Avstraliyaning Broken-Hill yaqinidagi Silverston qishlog‘ida, filmning  suratga olish ishlari olib borilgan g‘ayrioddiy joy mavjud. Bu Avstraliyadagi Jorj Miller suratga olgan filmga aloqador birinchi va Linda bilan birga artefaktni saqlashni boshqaradigan yagona muzey hisoblanadi. Bu muzeyni Adrian Bennet rafiqasi Linda bilan birga boshqaradi.

Bennetning aytishicha, uning hayoti 1981-yilda “Telba Maks-2: G‘azab yo‘li” filmini tomosha qilgandan keyin butunlay o‘zgargan. U filmdagi sahnalardan ilhomlanib, kinokartinadagi jangovar mashinalarni va rekvizitlarni yig‘ishni boshladi. Ko‘rgazmada yuzlab sahna ortidagi fotosuratlar, haqiqiy o‘lchamdagi harakatdagi figuralar, original transport vositalari va uning nusxalari, shu jumladan Interceptor avtomobillari mavjud. Muzeyning mashhurligi 2015-yilda Tom Xardi va Sharliz Teron ishtirokidagi filming to‘rtinchi qismi premyerasidan keyin ortdi.

“Oz mamlakati sehrgari” filmiga bag‘ishlangan muzey

Foto: “Film.ru”

“Oz mamlakati sehrgari” filmiga bag‘ishlangan muzey Kanzas shtatida joylashgan. Aniqrog‘i, Vamego shahriga borsangiz bu muzeyga tashrif buyurishingiz mumkin. Ushbu manzil faqat diqqatga sazovor joylari tufayli tanilgan. Muzey 1939-yilda Judi Garlend ishtirokidagi myuziklga, Layman Frank Baumning shu nomdagi kitobiga va filmning boshqa moslashuvlariga bag‘ishlangan. Ushbu manzilga Pasxa yakshanbasi, Shukronalik kuni va Yangi yil bayramidan tashqari butun yil davomida tashrif buyurish mumkin. Muzeyda 2000 dan ortiq eksponat mavjud: uchuvchi maymunlarning miniatyuralari, Rey Bodjerning pasporti, original plakatlar va Doroti Geylning sarguzashtlari bilan bog‘liq barcha narsalarni uchratish mumkin.

Biroq bu hali hammasi emas, muzey ochilgandan so‘ng Oz yurti mavzusiga oid tematikalar paydo bo‘ldi. Misol uchun, har yili oktabr oyida Vamego Oztoberfest deb nomlangan festivalga mezbonlik qiladi, u yerga butun dunyodagi Zumrad shahar muxlislari to‘planadi. Festivalda havo sharida sayohatlar, sariq g‘ishtli yo‘lda velosiped haydash va Squished Witch va Drunken Munchkin kabi ichimliklar taklif qiladigan mahalliy vino zavodi mavjud.

“Tornado” muzeyi

Foto: “Film.ru”

Oklaxoma shtatining Vakita shahridagi kichik shaharchada Jan de Bontning filmiga bag‘ishlangan Twister The Movie Museum — bir xonali muzeyi joylashgan. Kinokartina muxlislari apreldan avgustgacha manzilga tashrif buyurishi mumkin. Boshqa narsalar qatorida, unda muzeyga sovg‘a qilgan aktyor Bill Pekstonning pinbol avtomatini, shuningdek, filmdan vayron qilingan binoning g‘ishtlarini va suratga olish paytidan olingan fotosuratlarni ko‘rishingiz mumkin. Agar siz bo‘ronlar va tornado ovchilari haqidagi sarguzasht dramaning muxlisi bo‘lsangiz, unda AQSH bo‘ylab sayohat qilganingizda, kichik muzeyga tashrif buyuring.

“Ajoyib hayot” muzeyi

Foto: “Film.ru”

Seneka-Fols degan kichik joyda Frank Kapraning “Ajoyib hayot” filmiga bag‘ishlangan muzey bor. Bu shahar ekranda Bedford sharsharasining xayoliy joylashuvini tasvirlagan rejissor uchun ilhom manbai bo‘lgan deyiladi. Loyiha muallifi ssenariy ustida ishlayotgan paytda Seneka sharsharasiga tashrif buyurgan degan fikrlar mavjud. Shaharda haqiqatan ham filmdagi joylarga o‘xshash diqqatga sazovor joylarni topishingiz mumkin. Ulardan biri mahalliy ko‘prik bo‘lib, 1917-yilda mahalliy aholidan biri o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lib, suvga sakragan ayolni qutqarishga urinib, cho‘kib ketgan. Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, bu voqea “Ajoyib hayot” sujetining asosini tashkil etadi.

Muzey butun yil davomida ochiq. Dastlab, filmda Zuzyu Beyli rolini o‘ynagan Kerolin Grims kolleksiyasidagi buyumlar bilan faqat bitta vitrin bor edi. Vaqt o‘tishi bilan ekspozitsiya boshqa qimmatbaho narsalar bilan to‘ldirildi. Hozirda muzeyda Nyu-Yorkdagi premyeraning asl dasturini, Gloriya Gremning sirg‘alarini, shuningdek, Jimmi Styuart, Kerolin Grims, Kerol Kumbs, Jimmi Xokins va Janin qo‘l izlarini ko‘rishingiz mumkin. Bundan tashqari, har yili “Ajoyib hayot” filmiga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tadi, u yerga hatto taniqli insonlar ham keladi. Masalan, 2023-yilda Frank Kapraning nabirasi Monika Kapra Xodjes va Donna Ridning qizi Meri Ouen tadbirda ishtirok etadi.

“Shamollarda qolgan hislarim” muzeyi

Foto: “Film.ru”

“Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan “Shamollarda qolgan hislarim” filmi Gruziyaning madaniy yodgorliklaridan biri bo‘lib, film xuddi shu nomdagi roman asosida suratga olingan. Atlanta chekkasida joylashgan Marietta shahrida janublik ayol Skarlett O‘Xara haqidagi hikoyadan ilhomlangan muzey ochilgani ajablanarli emas. Kichkina xonada plakatlar, turli nashrlardagi kitoblar, eski gazeta parchalari va yulduzlarning avtograflari to‘plangan. Muzeyda filmning haqiqiy xazinalari: Skarlettning motam qalpog‘i va ramziy yashil libosi, shuningdek, Rettning ko‘ylagi ham mavjud. Boshqa narsalar qatorida, kolleksiya Den Sayre Grosbekning 1939-yilning 15-dekabr sanasida film premyerasida Loews kinoteatri foyesida osilgan rasmini o‘z ichiga oladi. Eksklyuziv eksponatlarning keng to‘plami insonda yaxshi taassurot qoldiradi. Kelgusi yilda filmning 85 yilligi nishonlanadi

“Yulduzlar jangi” filmiga bag‘ishlangan muzey

Foto: “Film.ru”

“Obi-Van” ranchosi — Kaliforniyaning Petaluma yaqinidagi Sonoma okrugida joylashgan muzey, unda “Yulduzlar jangi” esdaliklarining dunyodagi eng katta kolleksiyasi mavjud. Kosmik artefaktlarni saqlash juda katta maydonni egallagan, rancho Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Muzey Lucasfilm’ning kontentni boshqarish bo‘yicha sobiq direktori va muxlislar bilan aloqalar bo‘limi rahbari Stiv Sansvit tomonidan boshqariladi. Mashhur joyga tashrif buyurish uchun ekskursiyani oldindan bron qilishingiz kerak. Shuningdek, “Obi-Van” ranchosi aʼzolik kartasiga ro‘yxatdan o‘tishingiz va maxsus imtiyozlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Stiv Sansvit muntazam ravishda muxlislarning savollariga javob beradi. Umuman olganda, rancho — o‘ziga xos joy, unga tashrif buyurish “Yulduzlar jangi” muxlislari uchun haqiqiy zavq bag‘ishlaydi.

“Garri Potter” muzeyi

Foto: “Film.ru”

Warner Bros studiyasi Leavesden Studios pavilyonlarini (“Garri Potter” filmlari suratga olingan joy) sehrgarlar dunyosi muxlislari uchun muzeyga aylantirdi. Ushbu manzil Uotford shahrida joylashgan. Muzeyda kostyumlar, rekvizitlar va franshizaning sevimli qahramonlari yashagan ko‘plab xonalar mavjud. Mezbonlar xiyobonda sayr qilishlari, shirinliklar sotib olishlari va hatto uchar supurgida sariyog‘li pivoni tatib ko‘rishi mumkin. Dam olish kunlarida muxlislar katta zalda maxsus taomlardan tatib ko‘rishi mumkin bo‘lgan maxsus tadbirlar mavjud.

“Maxfiy hujjatlar” muzeyi

Foto: “Film.ru”

Bu muzey “Maxfiy hujjatlar” seriali rekvizitlari, dekoratsiyalari va kostyumlarining dunyodagi eng katta to‘plami hisoblanadi. Ching qo‘g‘irchog‘i, o‘zga sayyoraliklar va o‘zga sayyoralik uchuvchining tanasi qoldiqlari ajoyib eksponatlarning kichik bir qismi. Muzey Jim Tornton va Kelli Entoni tomonidan yaratilgan. Jim “Maxfiy hujjatlar” muzeyini 1993-yilda ochdi, aynan shu vaqtda serial tomoshabinlarga taqdim etilgan. Bu vaqtda erkak giyohvandlikdan aziyat chekkan. Darvoqe, “Maxfiy hujjatlar” ijodkori Kris Karter muzeyni ba’zi eksponatlar bilan ta’minladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »