Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Niger (G‘arbiy Afrika) prezidenti Muhammad Bazum o‘z qo‘riqchilari tomonidan hibsga olindi. Bu haqda AFP’ga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Foto: African Union

Isyonga Muhammad Bazum gvardiya qo‘mondoni general Umar Tchianini ishdan bo‘shatmoqchi bo‘lgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Niger armiyasi prezident gvardiyasi askarlarining isyonini qo‘llab-quvvatlamagan. Ular prezident gvardiyasining “hissiyotlarga berilib ketgan” jangchilariga hujum qilishga tayyorligini bildirgan.

Prezident gvardiyasi davlat rahbari qarorgohiga kirishni to‘sib qo‘ygan va muzokaralardan so‘ng janob Bazumni qo‘yib yuborishdan bosh tortgan. Niger prezidenti ofisi Bazum va uning oilasi yaxshi ahvolda ekanini aytgan.

Muhammad Bazum 2021-yilda prezident etib saylangan. Avvalgi prezident Maxamadu Issufu davrida u Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi rahbari lavozimlarida ishlagan. AFP xabariga ko‘ra, u saylovda g‘alaba qozonib, Afrikaning eng qashshoq va “to‘ntarishga moyil” davlatiga rahbarlik qilgan.

Isyon Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Rossiya—Afrika sammiti fonida yuz bergan. Niger sammitda ishtirok etmayapti.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »