Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar Olmazor tumanida 26-iyul kuni uylardan biri yonib ketdi. FVV holat yuzasidan ma‘lumot berdi.

Unga ko‘ra, 26-iyul kuni soat 19:50 da Toshkent shahri Olmazor tumani “Xonchorbog‘” MFY Sharofiddin Ilohiy ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:53 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 20:15 da o‘rab olingan va soat 20:36 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida uyning taxminan 250 kv/m maydonda tomi, shifti va jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida fuqarolarni kuyish tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari bo‘yicha xabar kelib tushmadi.  

Hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Voqea joyiga FVV rahbariyati, shahar va tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »