Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vnukovo bojxona boshqarmasi xodimlari Birlashgan Arab Amirliklaridan kelgan O‘zbekiston fuqarosining ichki kiyimidan olmoslarni topdi. Bu haqda Federal bojxona xizmatiga tayanib, “Rossiyskaya Gazeta” xabar berdi

Foto: Federal bojxona xizmati

Topilgan 60 dan ortiq qimmatbaho toshlarning bozor qiymati 5 million rubldan (taxminan 56 ming dollar) oshadi. Inspektorlar aeroportning “yashil” yo‘lagida 39 yoshli o‘zbekistonlik erkakni to‘xtatgan. Uning yukini skanerlash chog‘ida bojxonachilar ko‘rinishidan elektron qurilmalarga o‘xshash narsalarni payqagan.

Foto: Federal bojxona xizmati
“Bojxona tekshiruvi chamadon ichida Apple, Samsung va Sony kompaniyalarining turli mahsulotlari solingan 13 ta quti, shuningdek, qimmatbaho toshlar uchun ularning kelib chiqishi va sifat xususiyatlarini tasdiqlovchi 40 ta GIA va IGI sertifikatlari borligini ko‘rsatdi”, — deyiladi xabarda.

Bojxonachilarning nazoratdan yashirilgan tovarlarni ixtiyoriy ravishda berish taklifiga erkak bunday narsa yo‘qligini aytgan. Biroq shaxsiy ko‘rik natijasida O‘zbekiston fuqarosining ichki kiyimida olmoslar topilgan. Shaffof va ko‘k rangdagi jami 62 ta katta tosh aniqlangan. 

Foto: Federal bojxona xizmati

Ta’kidlanishicha, zargarlik buyumlari uchta polietilen paketga solinib, skotch bilan o‘ralgan. 

“Tekshiruvdan so‘ng erkak BAAning yirik aviakompaniyalaridan birining xodimi ekanini tushuntirgan. U Moskvaga qarindoshlarinikiga uchib kelgan”, — deydi bojxona boshqarmasi.

O‘zbekiston fuqarosi bojxona qoidalari bilan qisman tanish ekanini aytgan. U sovg‘a sifatida olib kelgani aytilgan tovarlarning narxi,17 ming AQSH dollaridan oshmagan. Ekspertiza musodara qilingan barcha qimmatbaho toshlar olmos ekanini tasdiqlagan.

Foto: Federal bojxona xizmati

Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 226,1-moddasi 1-qismi “strategik ahamiyatga ega tovarlar va resurslar kontrabandasi” bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.

Shuningdek, u Rossiya Jinoyat kodeksining 194-moddasi “bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik” bo‘yicha ham jazoga tortilishi mumkin. Agar ekspertiza uning bagajida olib yurgan gadjetlarini “shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallanmagan yangi tovarlar” deb tan olsa, bu amalga oshadi.

“Sud qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlandi. Tergov davom etmoqda”, — deya xulosa qildi Federal bojxona xizmati.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »