Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buxoro shahrida 27-iyul kuni Gentra haydovchisi ichki ishlar xodimini urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi

Unga ko‘ra, holat 27-iyul kuni soat 11:40 da Buxoro shahrining I.Mo‘minov ko‘chasini kesib o‘tuvchi yo‘lda sodir bo‘lgan. Qorako‘l tumani “Qozon” mahallasida yashovchi 1998-yil tug‘ilgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Gentra shu ko‘chadan piyoda yo‘lni kesib o‘tayotgan 1977-yilda tug‘ilgan Buxoro shahar IIO FMB HPB xodimi — kapitan J.T.ni urib yuborishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

RSHTYIM Buxoro filiali hamda Ichki ishlar boshqarmasi Tibbiyot bo‘limi shifokorlari nazoratida ushbu xodimga kechiktirib bo‘lmas zaruriy hamda malakali tibbiy muolajalar ko‘rsatilgan. Hozirda uning ahvoli qoniqarli. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »