Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya rublining qadrsizlanayotgani O‘zbekistonga bo‘layotgan pul o‘tkazmalari hajmi kamayishiga olib kelmoqda. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov jurnalistlar bilan muloqotda maʼlum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Mamarizo Nurmurodov
Foto: “Daryo”

Mamarizo Nurmurodovning aytishicha, rubl qadrsizlanishi oqibatida respublikaga pul o‘tkazmalari sezilarli kamaygan.

“Rossiya rubli joriy yil boshidan beri 26 foizga qadrsizlandi. Eng avvalo, bu mamlakatdan O‘zbekistonga bo‘layotgan pul o‘tkazmalari hajmiga salbiy taʼsir qiladi. Yaʼni Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari umumiy xorijiy tushumlarning 80 foiziga yaqinni tashkil etadi. Masalan, 2022-yilning 6 oyida 6,5 milliard dollar pul o‘tkazilgan, joriy yil yarmi ichida 5,1 milliard dollar atrofida pul o‘tkazmalari amalga oshirildi. Rubl qadrsizlanishi tushumlarimiz pasayishiga taʼsir ko‘rsatadi”, —dedi Markaziy bank raisi.

Avvalroq O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish surʼatlari joriy yil birinchi yarim yilligida 5,6 foizni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yuqori surʼatlarni qayd etgani xabar qilingandi.

Izoh

N O D I R B E K

27.07.2023, 16:30

Assalou aleykum.. Qanday qilib uyalmasdan iqtisodiyotni sekinlashishini rublga bog'layabdi bu odam.. O'zbekistonni biz migrantlarni jo'natgan pullaridan boshqa daromati yoqmi?? .. Bu qanday sharmandali izoh. Gazimiz, oltinimiz, uranimiz, paxtamiz, ekport maxsulotlarimiz, olinayotgan kreditlar, bu narsalarni puli qayerga ketayabdi???..

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »