Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vengriya bosh vaziri devoni rahbari Gergey Guyash Vengriya rasmiylari Yevropa Ittifoqining Ukrainaga 20 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ko‘rsatish taklifiga qarshi ekanini ma’lum qildi. Avvalroq Vengriya tashqi ishlar vaziri tomonidan ham shunday pozitsiya bildirilgan edi. 

“Biz Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatni uning budjetidan qo‘llab-quvvatlay olmaymiz”, — dedi Vengriya Bosh vaziri devonining rahbari brifingda.

Gergey Guyash Vengriya Yevropa Ittifoqi budjeti va maxsus jamg‘armalardan unga tegishli bo‘lgan mablag‘ning ajratilishini kutayotganini qo‘shimcha qilgan.

Vengriya hukumati saytida bugun, 27-iyul kuni Guyashning Budapeshtdagi nutqidan parcha e’lon qilindi. Unda siyosatchining Ukrainaga harbiy yordam uchun 20 milliard yevro haqidagi so‘zlari yo‘q.

Matnga ko‘ra, devon rahbari Yevropa Ittifoqidagi muhojirlar bilan bog‘liq muammolar va Vengriya sud tizimini muvofiqlashtirish bilan bog‘liq shartlarni bajarganidan so‘ng Yevropa Ittifoqidan mablag‘ ajratilishini kutayotgani haqida gapirgan. Shuningdek, Ukraina mavzusiga ham to‘xtalib, Vengriyaning o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlik muzokaralari tarafdori ekanini ta’kidlagan.

20-iyul kuni Josep Borrell Yevropa tinchlik jamg‘armasi resurslarini ko‘paytirishni taklif qildi, bu jamg‘arma mablag‘lari Ukrainani harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Politico nashrining yozishicha, jamg‘arma 20 milliard yevroga oshiriladi.

Josep Borrelning taklifidan so‘ng Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto Vengriya Ukrainaga harbiy yordam uchun avval ajratilgan 10 milliard yevro bo‘yicha Yevropa Ittifoqidan javob kutayotganini aytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »