Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan IIV kengaytirilgan hay‘at yig‘ilishida Farg‘ona viloyatining bir qator hudud IIB rahbarlari va Rishton tumani prokurori ishdan olindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident yig‘ilish nega aynan mazkur viloyatda o‘tkazilayotganini izohladi. Shuningdek, lavozimidan bo‘shatilgan mansabdorlar to‘g‘risida ma‘lumot berdi.

“Ushbu yig‘ilish bejizga Farg‘onada o‘tkazilmayapti. Chunki bugun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha eng ko‘p tilga olingan hudud bu Farg‘ona bo‘layapti. Sababi viloyatdagi kriminogen vaziyat achinarli holda”, — dedi davlat rahbari.

Qayd etilishicha, kecha viloyat ichki ishlar boshlig‘i lavozimidan ozod etilgan Muhiddin Jo‘rayev jinoyatchilikka qarshi kurashish o‘rniga statistikani sunʼiy kamaytirish bilan shug‘ullanib kelgani ko‘rsatib o‘tildi. Viloyatda jinoyatlarni ro‘yxatga olmaslik orqali ularni yashirish oddiy holga aylanib qolgan.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha o‘ziga yuklatilgan vazifalarga sovuqqonligi, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ygani va mansab vakolatidan shaxsiy manfaatlarida foydalanib kelgani uchun Qo‘qon shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i va uning birinchi o‘rinbosari, Qo‘qon shahar ichki ishlar jamoat tartibini saqlash bo‘limi komandiri o‘rinbosari, O‘zbekiston tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi.

Shuningdek, viloyat prokurorining ichki xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi, viloyat prokuraturasi iqtisodiy qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i, viloyat prokurorining voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha yordamchisi, Rishton tumani prokurori ishdan olindi. Bosh prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmatiga ularning faoliyatiga qonuniy baho berib, tergov harakatlarini boshlash topshirildi.

Shuningdek, qo‘l ostidagi xodimlari hamda ichki ishlar idoralarida qonun ijrosi ustidan nazoratni susaytirib yuborgani uchun Farg‘ona viloyati prokurori B.Ismoilovga hayfsan berildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »