Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona shahrida 28-iyul kuni Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot kotibining ma’lum qilishicha, davlat rahbari yig‘ilishida huquq-tartibot sohasidagi ishlar ahvolini tahlil qilib, kelgusidagi vazifalarni belgilab berdi.

Davlat rahbari huquq-tartibot organlari, ayniqsa ichki ishlar xodimlarining oylik maoshi keskin oshirildi va ko‘plab imtiyozlar berilganini, birgina oxirgi ikki yil ichida huquq-tartibot faoliyatiga oid 10 ta qonun, 40 ga yaqin prezident farmon va qarorlari, 60 dan ortiq hukumat qarorlari qabul qilinganini qayd etdi. 

Shuningdek, ayrim huquq-tartibot idoralari rahbarlari jinoyatchilikni oldini olishda jilovni qo‘yib yuborganini ham tanqid qildi.

“Ular orasida shaxsiy manfaatlarini kasbiy majburiyatlaridan ustun ko‘rayotgan, huquq-tartibot idoralarida ishlashga nomunosib bo‘lgan bir qator rahbarlar ham bor”, — dedi davlat rahbari.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan olti oyda mahallalarda barvaqt oldini olish mumkin bo‘lgan 12 mingga yaqin jinoyat sodir etilgan. Qotillik va tan jarohati bilan bog‘liq jinoyatlarning 50 foizi oilaviy-maishiy nizolar va muntazam janjallar oqibatida, o‘g‘rilikning 70 foizi ishsizlik va moddiy yetishmovchilik sabab, yoshlar va o‘smirlar jinoyatlari, asosan, oiladagi muhit va huquqiy savodxonlik yetishmasligi tufayli sodir bo‘lmoqda.

“Aslida ham, aholining tinchligini ta’minlash mahalladan boshlanishi kerak. Lekin mahallada jinoyatchilikni jilovlash ahvolidan xalqimiz qanchalik rozi?”, — deya savol qo‘ygan prezident.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »