Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Markl ular bilan tanishishga harakat qilgan 88 yoshli qo‘shnisi, AQSH dengiz floti faxriysi Frenk Makginitini ranjitgan, deb xabar bermoqda “Pravila jizni” nashri. Bu haqda u o‘z xotira kitobida so‘zlab bergan.

Foto: “Pravila jizni” 

Voqea 2020-yilda Sasseks gersogi va gersoginyasi Kaliforniyaning Montesito shahriga ko‘chib kelganida ro‘y bergan. Makginiti yangi qo‘shnilarni kutib olishga qaror qilgan va ularga sovg‘a — nafaqaxo‘r bu shahar haqida o‘zi yozib olgan hujjatli filmlar bor bo‘lgan diskni bermoqchi bo‘lgan.

“Darvozadagi yigit meni ichkariga kiritmadi va diskni olishdan bosh tortdi va bu narsa ularga qiziq emasligini aytdi. Men o‘zimni ularning qo‘shnisidek tutgandim”, — deb eslaydi Makginiti.

Makginiti Garri va Meganning bu qilmishi uni xafa qilganini aytgan.

Sasseks gersogi va gersoginyasi 2020-yilning iyul oyida Britaniya qirollik oilasi a’zolari safidan chiqishni istaganidan so‘ng, Montesitoga ko‘chib o‘tgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »