Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev IIV kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida bog‘cha bolalariga ma’ruza o‘qigan inspektorlarni tanqid qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
“Nima ish qilish kerakligini bilmagan ayrim profilaktika inspektorlari esa bog‘chalarga borib, 3-4 yoshli bolakaylarga “oq-qorani farqlash” bo‘yicha ma’ruza o‘qish bilan band. Tizimda staji 3 yilgacha bo‘lgan, endi tajriba to‘playotgan profilaktika inspektorlarini kriminogen og‘ir mahallaga qo‘yish amaliyoti haligacha davom etmoqda. Aksincha, “yaxshi” mahallalarda esa ko‘p yillik tajribasi bor xodimlar xizmat qilmoqda”,  — dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev tilga olgan holat Toshkentning Uchtepa tumanidagi bog‘chalardan birida sodir bo‘lgandi. Profilaktika inspektorlari bog‘cha tarbiyalanuvchilariga “Nima oq, nima qora? Qaysi ishni qilsam to‘g‘ri bo‘ladi, qaysi ishni qilsam qanday bo‘ladi? Qilishdan avval bu ishni qilganimdan keyin ertaga nima bo‘ladi, shuni o‘ylash kerak”, — deya tarbiyaviy soat o‘tgan, holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.

Davlat rahbari ijtimoiy-iqtisodiy muammosi hal etilmasa jinoyat yo‘liga kirish ehtimoli yuqori aholi qatlami bilan yangicha ishlash tizimi joriy qilinganini, bunday toifaga kiruvchi aholi “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida “mahalla beshligi”ga nomma-nom biriktirilganini aytib o‘tdi.

“Lekin Ichki ishlar, Kambag‘allikni qisqartirish vazirliklari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bu masalaning ichiga chuqur kirmagan, “mahalla beshligi” uchun na bir metodika, na bir qo‘llanma ishlab chiqqan. Oqibatda ushbu yangi tizim 9 ming 400 ta mahalladan bor-yo‘g‘i 20 tasida ishlayapti”, — dedi prezident.

Ichki ishlar vaziriga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish ishlari qoniqarsiz yo‘lga qo‘yilgani ko‘rsatib o‘tildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »