Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqandda yo‘lovchi tashuvchi avtobus bir guruh shaxslar tomonidan toshbo‘ron qilingani haqida xabar berilgan edi. Viloyat IIB axborot xizmati holat tafsilotlarini ochiqladi.

Kadr: Telegram

Unga ko‘ra, 28-iyul kuni soat taxminan 14:00 da Jizzax viloyati “G‘allaorol” tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lida viloyatlararo yo‘lovchi tashuvchi avtobus haydovchisi, u bilan bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Damas haydovchisi yo‘liga chiqib ketishi oqibatida haydovchilar o‘zaro yo‘l talashib, tortishib qolgan.

Shundan so‘ng, Damas haydovchisi Y.Sh. avtomashinasini boshqarib, Samarqand viloyati Oqdaryo tumani “Oytamg‘ali” mahallasi hududidan o‘tgan M-37 avtomobil yo‘lida, tanishlari bilan avtomobil yo‘lini to‘sib, avtobusni harakatlanishiga yo‘l qo‘ymasdan, avtobusga shikast yetkazgan.  

Hodisada hech kim jarohat olmagan. Holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, ushbu holatda ishtirok etgan barcha shaxslar aniqlanib, ushlangan. 

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. O‘rganishlar yakuni bilan ushbu holatda ishtirok etgan barcha shaxslarning harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Holat yuzasidan 14 nafar shaxsga nisbatan 15 sutkadan ma‘muriy tartibda qamoq jazosi tayinlandi.

Hozirda holat yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Izoh

__UZB__

29.07.2023, 21:25

Tala-to'p qimanglar

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »