Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Markaziy bankning pul-kredit siyosati sharhida mintaqada suv tanqisligi muammosi jiddiy tus olayotgani sabab meva va sabzavotlar narxi yuqori tebranishi mumkinligi keltirilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Sharhda yozishicha, 2023-yilning 1-yarim yilligida tashqi inflyatsion xatarlarning yumshab borishi kuzatilgan va import tovarlari narxlari orqali inflyatsiyani oshiruvchi taʼsirlar kamayib borgan. Biroq ushbu davrda budjet xarajatlarining yuqori bo‘lgani, real daromadlarning o‘sishi barcha sohalarda kuzatilayotgani, shuningdek, chakana kreditlar bozorida yuqori o‘sishi ikkinchi yarim yillikda ham isteʼmol talabni rag‘batlantiruvchi asosiy drayverlardan bo‘lib qoladi.

“O‘z navbatida, oziq-ovqat mahsulotlari taʼminotida uzilishlar to‘liq bartaraf etilmagani, shuningdek, iqtisodiyotda isteʼmol talabining yuqoriligi bazaviy oziq-ovqatlar va xizmatlar inflyatsiyasida ko‘proq namoyon bo‘lmoqda. Bundan tashqari, mintaqada suv tanqisligi muammosining jiddiy tus olayotgani sharoitida meva va sabzavotlar narxidagi yuqori tebranishlar kuzatilishi mumkin”, — deyiladi manbada.

Prognozlarga ko‘ra, joriy yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya darajasi 8,5—9,5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. O‘z navbatida, umumiy inflyatsiyaning 8,5—9,5 foiz doirasida barqaror shakllanishi, yil so‘nggigacha bazaviy inflyatsiya darajasini 7,5—8,5 foizgacha pasayishini talab etadi.

Shuningdek, joriy yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston yalpi ichki mahulotining real o‘sishi 5–6 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda. Xalqaro moliyaviy tashkilotlar ham mavjud iqtisodiy sharoitlarni inobatga olib, davlatlar bo‘yicha o‘sish prognozlarini yangiladi.

Xususan, Jahon bankining Xalqaro valyuta jamg‘armasi iyun oyidagi “Global iqtisodiy istiqbollar” prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2023-yilda 5,1 foiz, 2024-yilda esa 5,4 foiz atrofida o‘sishi prognoz qilinmoqda. Shu bilan birga, mamlakat tashqi savdo amaliyotlari 2023-yilda barqaror saqlanib qolishi va eksport (oltinsiz) hajmi 10—15 foiz, import hajmining 12—17 foiz atrofida o‘sishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »