Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatida yosh oila iPhone 14 olish uchun chaqalog‘ini sotdi. Bu haqda politsiyaga tayanib, The Indian Express xabar bermoqda.

Foto: Sputnik

Onaning so‘zlariga ko‘ra, ular sakkiz oylik o‘g‘lini sotishdan tushgan pulni sayohat qilish va so‘nggi rusumdagi iPhone bilan Instagram uchun kontent yaratishga ishlatmoqchi bo‘lgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, er-xotin yetti yoshli qizini ham sotishni rejalashtirgan.

Chaqaloq anchadan beri ko‘rinmay qolgani, er-xotinda esa kutilmaganda yangi smartfon paydo bo‘lganidan keyin qo‘shnilar mahalliy huquq-tartibot idoralariga xabar bergan. Bolaning onasi va xaridori hibsga olingan, otasi bo‘lsa hozirda politsiyadan qochib yuribdi.

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, G‘arbiy Bengaliyada qashshoqlik darajasi yuqori bo‘lgan ko‘plab hududlar mavjud. 2022-yil uchun PRS Legislative Research hisobotida aytilishicha, mintaqada aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot taxminan 1 600 dollarni tashkil etgan, bu yangi iPhone 14 narxidan biroz ko‘p.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »