Salmon Xon, Govinda va ko‘p farzandli oilada voyaga yetgan boshqa Bollivud aktyorlari (foto)
Bollivud yulduzlarining orasida ko‘p farzandli oilalarda voyaga yetgan mashhurlar ham bor. “Yandeks Dzen” shu kabi ko‘p farzandli oilalarda voyaga yetgan aktyorlar haqida ma’lumot berdi.
Aruna Irani
Aruna Irani oilasidagi sakkiz aka-singilning eng kattasi bo‘lgan. Aktrisa oltinchi sinfdan keyin maktabni tashlab ketishga majbur bo‘ldi, chunki ota-onasi barcha farzandlarini o‘qita olmas edi.
Madhubala
Hind kinosining eng go‘zal aktrisalaridan biri Madhubalaning o‘nta aka-uka va opa-singillari bor edi, ulardan faqat to‘rttasi balog‘at yoshiga yetgan. U o‘n bir farzandning beshinchisi edi va otasi ishidan ayrilganidan keyin kino sohasida ishlashga va butun oilani boqishga majbur bo‘lgan.
Mehmud
Komedik aktyor Mehmud 1940—1950-yillarning kino yulduzi, sahna aktyori va raqqosa Mumtoz Alining sakkiz farzandidan biri edi. Mehmudning bitta opasi va olti ukasi bo‘lgan.
Prem Chopra
Prem Chopraning oilasida 6 farzand: u, singlisi va to‘rtta ukasi bor edi.
Kamini Kaushal
Panjob universitetidagi botanika professorining qizi Kamini Kaushal ikki aka-uka va uch opa-singilning eng kichigi bo‘lgan.
Govinda
Govinda prodyuser Arun Kumar Axuja va aktrisa Nirmala Devining oilasidagi 6 farzandning eng kichigi edi.
Nutan
Yozuvchi, rejissor Kumarsen Samart va uning aktrisa rafiqasi Shobhananing to‘rt farzandi bo’lgan. Hind kinosi tarixidagi eng yaxshi aktrisalardan biri Nutan esa ularning eng katta farzandi edi. U aktrisa opa-singillar Tanuja va Chatura, akasi Jaydip bilan birga katta bo‘lgan.
Salmon Xon
Salmon Xonning ikki nafar: Arbaz, Sahil ismli akalari va Alvira ismli singlisi bor.
Usha Kiran
1950-yillarning mashhur Bollivud aktrisasi va Mumbay sherifi Usha Kiran oilasidagi beshta qizning ikkinchisi bo‘lgan.