Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyatida navbatdagi tadbirkorlar qabulida ayrim masʼullarga choralar ko‘rildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning “Tadbirkorlar qabuli” onlayn formatda o‘tkazilmoqda. Bugun joriy hafta uchun rejalashtirilgan qabul avvalida hududlarda tadbirkorlar bilan ishlash, qabulni samarali tashkil etish borasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqid qilinib, ayrim masʼullarga nisbatan keskin choralar ko‘rildi. 

Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi axborot xizmati

Jumladan, Jarqo‘rg‘on tumani hokimi oylik ish haqqidan 40 foiz jarimaga tortildi. Viloyat Savdo-sanoat palatasi boshlig‘iga hayfsan berildi va viloyat prokuroridan prokuraturaning masʼul xodimiga chora ko‘rish so‘raldi.

Bundan tashqari Jarqo‘rg‘on tumani hokimining birinchi o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etildi va tumanda viloyat ishchi guruhi tomonidan jismoniy va yuridik shaxlarning murojaatlari ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazilishi belgilandi.

Shuningdek, Qishloq qurilish bank, Turonbank, Xalq bankining viloyat filiali rahbarlari, Kadastrlar palatasi viloyat boshqarmasi boshlig‘iga ogohlantirish berildi. Tadbirkor murojaatini o‘rganib, hal etish chorasini ko‘rmagan Qishloq qurilish bankning kreditlash bo‘limi boshlig‘i ishdan olindi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari videokonfrensaloqa tarzida hududiy studiyalardan ishtirok etayotgan 55 nafar tadbirkorning 64 ta murojaatini tingladi.

  • Ko‘tarilgan masalalarning 15 tasi qabul davomida ijobiy hal etildi.
  • 49 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganib chiqish va hal etish choralarini ko‘rish vazifasi bilan masʼullarga yo‘naltirildi.

Izoh

Baxram Kilichev

01.08.2023, 00:36

Болалар тарбиясига албатта ота оналар маьсулдирлар Мактаб жавобгар эмас.Умуман укувчиларга Мактабларда ва уйда телефон ишлатишни такиклаш керак,хозирги укувчиларнинг 80%зи интернета кириб бехае нарсаларни куришада шунинг учун укувчи болаларига телефонни мактабга олиб киришни такиклаш керак

Unknown Person

31.07.2023, 18:06

Қачондан бери, ҳоким тижорат банки ходимини ишдан олиш ваколатига эга бўлди? Бу меҳнат қонунчилигини қўпол бузиш эмасми? Кимдир шу саволга жавоб бера оладими? Прокурор бўлган, қонунни ҳаммадан яхши биладиган ҳоким шу ишни қилса, қоганлардан нима кутамиз, эй авом халқим?

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »